Jizzax shahar “Markaziy dehqon bozori”  aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

Jizzax shahar “Markaziy dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yakunlari boʻyicha aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi 2022 yil 17 iyun kuni soat 16-00 da jamiyat maʼmuriy idorasida boʻlib oʻtadi.

      Manzil: Jizzax shaxri, M.Ulugʻbek mahallasi, Toshkent koʻchasi, 2-uy.  Aksiyadorlarni roʻyxatga olish shu kuni soat 13-00 dan boshlanadi.

Umumiy yigilish kun tartibi:

  • 1. Yigʻilish reglamentini tasdiqlash.
  • 2. Sanoq komissiyasi son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  • 3. Jamiyatning 2021 yilgi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati uchun tasdiqlangan biznes rejaning bajarilishi toʻgʻrisida jamiyat raisining hisobotini eshitish.
  • 4. Jamiyatning 2021 yil yakuni boʻyicha yillik balansi, moliyaviy natijalar hisoboti va sof foyda taqsimoti boʻyicha jamiyat bosh hisobchisining hisobotini eshitish va tasdiqlash.
  • 5. Jamiyatning 2021 yil yakuni boʻyicha taftish komissiyasining hisobotini eshitish va tasdiqlash. 
  • 6. Jamiyatning 2021 yilgi faoliyati boʻyicha “Perfekt audit” auditorlik tashkiloti MCHJ tomonidan 2022-yil 16-aprelda berilgan auditorlik tekshiruvi xulosasini  tasdiqlash.
  • 7. Jamiyat boshqaruvi raisi bilan yangi muddatga yollanma mehnat shartnomasi tuzish masalasini koʻrib chiqish.
  • 8. Jamiyatning 2021 yil moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yakuni bilan olingan sof foydaning 60 foizini dividend toʻloviga, qolgan 40 foizini zaxira fondiga ajratish.
  • 9. Jamiyat Kuzatuv kengashi raisining 2021 yil yakunlari boʻyicha hisobotini koʻrib chiqish va tasdiqlash.
  • 10. Jamiyatning 2022 yil uchun “Biznes rejasi”ni koʻrib chiqish va tasdiqlash.
  • 11. Jamiyatning Kuzatuv kengashi yangi aʼzolari tarkibini saylash.
  • 12. Jamiyatning taftish komissiyasi yangi aʼzolarini saylash.
  • 13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasining 2022-yil 26-apreldagi 03/03-03-1054-sonli xatiga koʻra “Markaziy dehqon bozori” AJning Ustavini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish, unga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish hamda yangi tahrirdagi Ustavni davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish.
  • 14. Dehqon bozori hududida savdo faoliyatini tashkil etish, sotuvchilarga savdo oʻrinlari berish va undan foydalanish tartibi boʻyicha namunaviy Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida.