Jizzax shahar “Markaziy dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2024 yil 22 iyun kuni soat 15-00 da Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Jizzax shaxri, X.Olimjon mahallasi, Jizzax shahar hokimligi binosi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish shu kuni soat 13-00 dan boshlanadi.
1) Yig‘ilish reglamentini tasdiqlash;
2) Sanoq komissiyasi son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
3) Jamiyatning 2023 yilgi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati uchun tasdiqlangan biznes rejaning bajarilishi to‘g‘risida jamiyat raisining hisobotini eshitish;
4) Jamiyatning 2023 yil yakuni bo‘yicha yillik balansi, moliyaviy natijalar hisoboti va sof foyda taqsimoti bo‘yicha jamiyat bosh hisobchisining hisobotini eshitish va tasdiqlash;
5) Jamiyatning 2023 yil yakuni bo‘yicha taftish komissiyasining hisobotini eshitish va tasdiqlash;
6) Jamiyatning 2023 yilgi faoliyati bo‘yicha “Perfekt audit” auditorlik tashkiloti MCHJ tomonidan 2024 yil 24 aprelda berilgan auditorlik tekshiruvi xulosasini tasdiqlash;
7) Jamiyat boshqaruvi raisi bilan 2022 yil 17 iyunda 3 yil muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ko‘rib chiqish;
8) Jamiyatning 2023 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakuni bilan olingan sof foydaning 80 foizini dividend to‘loviga, qolgan 20 foizini zaxira fondiga ajratish;
9) Jamiyatning 2024 yil uchun “Biznes rejasi”ni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
10) Jamiyatning Kuzatuv kengashi aʼzolari tarkibini saylash;
11) Jamiyatning taftish komissiyasi aʼzolarini saylash;
Yig‘ilishga jamiyatning barcha aksiyadorlari taklif etiladi.
- Bosh sahifa
- Jamiyat haqida
- Yangilik va e`lonlar
- Xujjatlar
- Galereya
- Aloqa
No comments yet.