Jizzax shahar “Markaziy dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil moliyaviy xo‘jalik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2025 yilning 17 iyun kuni soat 17-00 da bo‘lib o‘tadi. Manzil: Jizzax shahri, “M.Ulug’bek” MFY, Toshkent ko’chasi 2-uy. Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish shu kuni soat 14-00 dan boshlanadi.
1) Yig‘ilish reglamentini tasdiqlash.
2) Sanoq komissiyasi son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
3) Jamiyatning 2024 yilgi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati uchun tasdiqlangan biznes rejaning bajarilishi to‘g‘risida jamiyat rahbarining hisobotini eshitish.
4) Jamiyatning 2024 yil yakuni bo‘yicha yillik balansi, moliyaviy natijalar hisoboti va sof foyda taqsimoti bo‘yicha jamiyat bosh hisobchisining hisobotini eshitish va tasdiqlash.
5) Jamiyatning 2024 yil yakuni bo‘yicha taftish komissiyasining hisobotini eshitish va tasdiqlash.
6) Jamiyatning 2024 yilgi faoliyati bo‘yicha “Perfekt audit” auditorlik tashkiloti MCHJ tomonidan berilgan auditorlik tekshiruvi xulosasini tasdiqlash.
7) Jamiyat rahbari bilan 3 yil muddatga mehnat shartnomasi tuzish masalasini ko‘rib chiqish.
8) Jamiyatning 2024 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakuni bilan olingan sof foydaning 80 foizini dividend to‘loviga, qolgan 20 foizini zahira fondiga ajratish.
9) Jamiyatning 2025 yil uchun “Biznes rejasi”ni ko‘rib chiqish.
10) Jamiyatning Kuzatuv kengashi aʼzolari tarkibini saylash.
11) Jamiyatning taftish komissiyasi aʼzolarini saylash.
Yig‘ilishga jamiyatning barcha aksiyadorlari taklif etiladi.
- Bosh sahifa
- Jamiyat haqida
- Yangilik va e`lonlar
- Xujjatlar
- Galereya
- Aloqa
No comments yet.