“Markaziy dehqon bozori” AJ kuzatuv kengashining 2022-yil
17-iyundagi 03/2022-sonli
yigʻilish qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
“MARKAZIY DEHQON BOZORI”AJ
KUZATUV KENGASHI HUZURIDAGI
TAYINLOVLAR VA MUKOFOTLASH QOʻMITASI TOʻGʻRISIDA NIZOM
Jizzax shahri – 2022-yil
- Umumiy qoidalar
- Mazkur Nizom (keyingi oʻrinlarda – Nizom) Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xuquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining “2021-2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2021-yil 29-martdagi 166-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasiga, “Markaziy dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda – Jamiyat) ustaviga, Kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Jamiyat Kuzatuv kengashi huzuridagi Tayinlovlar va mukofotlash qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarlarda – Qoʻmita) huquqiy maqomini, tarkibini, vakolatlarini va uning ishlash tartibini belgilaydi.
- Qoʻmita eng muhim masalalarni koʻrib chiqish va Jamiyatning Kuzatuv kengashiga kadrlar va mukofotlash sohasida tavsiyalar tayyorlash uchun Jamiyat Kuzatuv kengashining qarori asosida tashkil etiladi. Qoʻmita Jamiyat Kuzatuv kengashining doimiy faoliyat yurituvchi ishchi organi hisoblanadi.
- Qoʻmita oʻz faoliyatini amaldagi qonunchilik, Jamiyat ustavi, Kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi Nizom va mazkur Nizomga asosan amalga oshiradi.
- Tayinlovlar va mukofotlash qoʻmitasining tarkibi
- Qoʻmita faqat Jamiyat Kuzatuv kengashining aʼzolaridan 3 kishidan iborat tarkibda tashkil etiladi. Qoʻmita tarkibiga kamida bir nafar Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi kiritilishi shart.
- Qoʻmitaning aʼzolari Jamiyat Kuzatuv kengashi raisining tavsiyasi asosida Kuzatuv kengashi aʼzolaridan ularning vakolat muddati davriga koʻpchilik ovoz bilan saylanadi. Qoʻmitaning raisi Qoʻmita aʼzolari orasidan Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Qoʻmitaning raisi Jamiyat Kuzatuv kengashining raisi boʻlmasligi lozim.
- Qoʻmitaning tarkibiga saylangan Kuzatuv kengashi aʼzolari cheklanmagan tarzda qayta saylanishi mumkin.
- Qoʻmita aʼzolarini saylash vaqtida oʻz vakolatlaridan toʻlaqonli foydalanishlari uchun ularning maʼlumoti, kasbiy mahorati, qoʻmita faoliyati sohasidagi ish tajribasi va boshqa maxsus bilimga ega ekanliklari inobatga olinishi zarur.
- Qoʻmitaga rahbarlik qilish va faoliyatini tashkil etish Qoʻmita raisi tomonidan amalga oshiriladi. Qoʻmita raisining vaqtinchalik yoʻqligida rais vazifasini bajarib turish aʼzolardan biriga yuklatilishi mumkin.
- Qoʻmita aʼzolari oʻrtasidagi funksiyalar taqsimlanishi Qoʻmitaning raisi tomonidan amalga oshiriladi.
- Tayinlovlar va mukofotlash qoʻmitasining asosiy vazifalari
- Qoʻmitaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Kuzatuv kengashi hamda Jamiyatning kadrlar siyosati va tashkiliy rivojlanishi boʻyicha qarorlari, shuningdek ichki hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
Jamiyatning ijroiya organi rahbari va aʼzolari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha Kuzatuv kengashiga tavsiyalarni shakllantirish;
Jamiyatning Kuzatuv kengashiga saylanadigan nomzodlar boʻyicha tavsiyalarni shakllantirish;
Jamiyatning ijroiya organi rahbari va aʼzolarini saylash, ularning vakolatlarini muddatidan oldin bekor qilish, shu jumladan, ular bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish masalalarini koʻrib chiqish;
Qoʻmitaga maʼlum boʻlgan barcha axborotlar asosida Jamiyatning Kuzatuv kengashiga nomzodi koʻrsatilgan shaxslarning kasbiy malakasi va mustaqilligini tahlil qilish;
Kuzatuv kengashi va uning qoʻmitalari ishi tartibotlarini takomillashtirishga nisbatan tavsiyalar ishlab chiqish;
Jamiyatning korporativ maslahatchisi lavozimiga nomzodlar boʻyicha Kuzatuv kengashiga tavsiyalarni shakllantirish;
Jamiyatning Kuzatuv kengashi aʼzolarini va Kuzatuv kengashi qoʻmitalarini oʻzini-oʻzi baholash yoki tashqi baholash boʻyicha har yili rasmiylashtirilgan tartibotni oʻtkazish, Jamiyatning yillik hisobotiga kiritish uchun oʻzini-oʻzi baholash yoki tashqi baholanish natijalari toʻgʻrisida hisobot tayyorlash;
Kuzatuv kengashi aʼzolarining shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda kengashning ayrim aʼzolari uchun oʻqitish va malaka oshirish dasturlarini shakllantirish hamda ushbu dasturlarning amalga oshirilish ustidan nazorat qilish;
Jamiyatning Kuzatuv kengashi aʼzolari, ijroiya organi rahbari va aʼzolari hamda boshqa mansabdor shaxslarini mukofotlash siyosatini ishlab chiqish, zarurat boʻlganda, uni qayta koʻrib chiqish va unga oʻzgartirishlar kiritish;
Jamiyatning ijroiya organi rahbari va aʼzolarini, Kuzatuv kengashi aʼzolarini hamda boshqa mansabdor shaxslarini mukofotlash boʻyicha takliflar (tavsiyalar)ni shakllantirish;
Jamiyatning ijroiya organi rahbari va aʼzolarini hamda boshqa mansabdor shaxslarining faoliyatini tahlil qilish va baholash;
Jamiyatning Kuzatuv kengashi aʼzolariga xaq va (yoki) kompensatsiya toʻlash boʻyicha qaror qabul qilish uchun Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi kun tartibiga masalalarni tayyorlash va kiritish;
Jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash uchun oldindan koʻrib chiqish va takliflar tayyorlash;
mukofotlash siyosatida nazarda tutilgan mezonlardan kelib chiqib Jamiyatning ijroiya organi va boshqa rahbar xodimlarining yil natijalariga koʻra faoliyatini dastlabki baholash;
yil natijalari boʻyicha korporativ maslahatchi faoliyatini dastlabki baholash va korporativ maslahatchini mukofotlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Jamiyatning Kuzatuv kengashi aʼzolari, ijroiya organi rahbari va aʼzolari va boshqa mansabdor shaxslarni mukofotlash toʻgʻrisidagi axborotning oʻz vaqtida oshkor qilinishi ustidan nazorat olib borish;
Jamiyatning yillik hisoboti va boshqa xujjatlariga kiritish uchun Qoʻmita faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot tayyorlash va taqdim etish;
Kuzatuv kengashi tomonidan yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.
IV. Tayinlovlar va mukofotlash qoʻmitasi majlislarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
- Qoʻmitaning majlisi Qoʻmita raisi tomonidan uning oʻz tashabbusiga koʻra, Qoʻmitaning aʼzolarining talabiga koʻra, shuningdek, Jamiyat ijroiya organi rahbarining yozma talabiga koʻra chaqiriladi.
- Qoʻmita har chorak yakuniga koʻra, zarur boʻlganda har oyda, qoʻmita aʼzolarining shaxsan ishtirokida yoki boshqa aloqa tarmoqlaridan foydalanish yoʻli bilan oʻz majlislarini oʻtkazib turishi lozim. Qoʻmita Jamiyatning ijroiya organi va boshqa shaxslarni Qoʻmita majlislariga qatnashish uchun taklif qilishi, shuningdek zarur boʻlganda ulardan axborot talab qilishi mumkin.
- Qoʻmita aʼzolari muayyan masalaning kechiktirilmay hal etilishini talab qiladigan qoidabuzilishlar aniqlangan taqdirda Qoʻmitaning shoshilinch majlisini chaqirilishini talab qilishlari mumkin.
- Qoʻmita oʻz majlislarini Jamiyat Kuzatuv kengashi majlislaridan oldin oʻtkazadi.
- Qoʻmitaning raisi Qoʻmita majlisidagi barcha ishtirokchilarga uni lozim darajada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va unda olib chiqilgan masalalarni muhokama qilishda faol ishtirok etish imkoniyatlarini yaratadi. Qoʻmitaning aʼzolari Qoʻmita majlislarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish hamda ularda ishtirok etish uchun yetarli darajada vaqt ajratishlari lozim.
- Qoʻmita majlisida uning aʼzolarining eng kamida 2/3 qismi ishtirok etsa, majlis vakolatli hisoblanadi, bunda Qoʻmita raisi ishtirok etishi shart.
- Qoʻmitaning majlisida qarorlar majlisda hozir boʻlganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
- Qoʻmitaning majlisida masalalar hal etilayotganda Qoʻmitaning har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi. Ovozlar teng kelgan taqdirda, Qoʻmita raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Qoʻmitaning qaroriga rozilik bildirmagan Qoʻmita aʼzosi oʻzining majburiy tartibda majlis bayonnomasiga ilova qilinadigan alohida fikrini qayd etib qoʻyish va uni Kuzatuv kengashi eʼtiboriga havola qilish huquqiga ega.
- Qoʻmitaning qarori Qoʻmita majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu bayonnoma Qoʻmita kotibi tomonidan yuritiladi va ovoz berishda ishtirok etgan Qoʻmita aʼzolari tomonidan imzolanadi.
- Qoʻmita majlislariga kotiblik qilish vazifasini Jamiyatning kadrlar boʻyicha xodimi yoki xizmat vazifasiga koʻra bu masalaga taalluqli boʻlgan xodimlardan biri
- Qoʻmitaning raisi:
Qoʻmitaning ishini tashkil etadi;
Qoʻmita majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Qoʻmita majlislarida bayonnoma yuritilishini tashkil etadi;
Jamiyat ichki meʼyoriy hujjatlari va mazkur Nizomda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.
- Qoʻmitaning kotibi:
Qoʻmita majlislari bayonnomalarini yuritadi va rasmiylashtiradi;
Qoʻmita tomonidan koʻrib chiqilishi uchun kun tartibidagi masalalar boʻyicha materiallarni tayyorlaydi va taqdim qiladi;
Qoʻmitaning qarorlarini, xulosalarini va bayonnomalarini oluvchilargacha yetkazadi.
- Qoʻmita vakolati doirasida qabul qilingan barcha qarorlar qabul qilingan kunidan boshlab, Jamiyat ijroiya organi va boshqa mansabdor shaxslari uchun ijro etish majburiydir. Ushbu qarorlarda koʻrsatib oʻtilgan mansabdor shaxslar qarorning oʻz vaqtida hamda qaror ijrosiga mos ravishda bajarilishiga shaxsan javobgardirlar. Qoʻmita qarorlari ijrosini nazorat qilish Qoʻmita raisi tomonidan amalga oshiriladi.
V. Tayinlovlar va mukofotlash qoʻmitasi aʼzolarining huquq va majburiyatlari
- Qoʻmitaning aʼzosi quyidagi huquqlarga ega:
Jamiyat ijro organi aʼzolarining va Jamiyatning boshqa mansabdor shaxslaridan oʻz faoliyati uchun kerakli barcha hujjatlarni va materiallarni taqdim etishni talab qilish;
agar Jamiyatga jiddiy moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan yoki yetkazilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan qoidabuzilishlar aniqlansa, ijroiya organi majlisi chaqirilishini talab qilish;
Jamiyatning tarkibiy boʻlinmalari xodimlari, shu jumladan rahbarlaridan koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha izohlar talab qilish;
aybdor xodimlarni intizomiy, mulkiy va boshqa turdagi javobgarlikka tortish masalalarini rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun taqdim qilish;
Jamiyatning dastlabki buxgalteriya, moliya va boshqa hujjatlaridan foydalanish;
Qoʻmita vakolatlari doirasidagi qaror va topshiriqlarni bajarish, Qoʻmita majlislarida ishtirok etish maqsadida zarur boʻlgan holatlarda Qoʻmita raisi qarori bilan Jamiyatning rahbar shaxslarini, Jamiyat Kuzatuv kengashining boshqa aʼzolarini davriy yoki muntazam ravishda taklif etish;
Qoʻmita fikriga koʻra masalani chuqurroq oʻrganilishiga zarur boʻlsa, Qoʻmita vakolatlariga tegishli boʻlgan masala boʻyicha oʻz tashabbusiga koʻra, Jamiyat Kuzatuv kengashining boshqa qoʻmitalarining fikrini talab qilib olish;
Qoʻmita majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan reglament bilan ajratilgan vaqt doirasida soʻzga chiqish, kun tartibidagi masalalar, qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha oʻzining alohida fikrini Qoʻmita majlisi bayonnomasiga kiritishni talab qilish;
Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlash uchun mazkur Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar berish;
taqdim etilgan hujjatlar asosida tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqish va Jamiyat Kuzatuv kengashi muhokamasiga kiritish;
Qoʻmita majlisi kun tartibiga kiritish uchun masalalar taklif qilish.
- Qoʻmita aʼzolarining majburiyatlari:
mukofotlash siyosatini tasdiqlash uchun Kuzatuv kengashiga kiritish hamda uning ijrosini nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Nizom, korxona Ustavi va ichki hujjatlari asosida oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish hamda oʻz faoliyatini sidqidildan olib borish;
Jamiyat aksiyadorlarining xuquqlari, manfaatlari va qiziqishlarini himoya qilish prinsiplari asosida faoliyat yurgizish;
Jamiyatning tijorat va xizmat sirlarini oshkor etmaslik hamda maxfiylik talablarini bajarish.
- Qoʻmitaning aʼzolari Qoʻmita majlisida shaxsan qatnashishlari shart. Agar majlisda qatnashish imkoniyati mavjud boʻlmasa, Qoʻmita aʼzosi sabablarini koʻrsatgan xolda Qoʻmitani bu haqda xabardor qiladi.
VI. Tayinlovlar va mukofotlash qoʻmitasi aʼzolarining javobgarligi
- Qoʻmitaning aʼzolari oʻz huquqlarini amalga oshirishda va oʻz majburiyatlarini bajarishda Jamiyatning manfaatlarini koʻzlab ish tutishi hamda belgilangan tartibda javobgar boʻlishi lozim.
- Jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan qarorga ovoz berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan Qoʻmitaning aʼzolari javobgar boʻlmaydi.
VII. Yakunlovchi qoidalar
- Mazkur Nizom Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi.
- Ushbu Nizom, shuningdek, unga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar Jamiyat Kuzatuv kengashi raisi va Qoʻmita aʼzolari tomonidan kiritilishi mumkin.