Mazkur qoidalar Jizzax shahar “Markaziy dehqon bozori” AJ aksiyadorlarining 2022-yil

17-iyundagi navbatdagi

umumiy yigʻilishida

TASDIQLANGAN

 

 

 

“Markaziy dehqon bozori” AJ

Kuzatuv Kengashi raisi                                          ______________        X.Onalboyev

 

 

 

KELISHILGAN:

 

Jizzax shahar hokimi                                              ______________        K. Xolmurodov

 

 

Jizzax shahar IIB boshligʻi,

podpolkovnik                                                           ______________       Oʻ. B. Asqarov

 

 

Jizzax shahar Davlat soliq

inspeksiyasi boshligʻi                                              ______________     J. Axboʻtayev

 

 

“Markaziy dehqon bozori” AJ

boshqaruvi raisi                                                       ______________     K. Yarmatov

 

 

 

JIZZAX SHAXAR “MARKAZIY DEHQON BOZORI” AJ HUDUDIDA SAVDO FAOLIYATINI TASHKIL ETISH,

SOTUVCHILARGA SAVDO OʻRINLARI BERISH VA UNDAN FOYDALANISH TARTIBI BOʻYICHA

QOIDALAR

 

  1. Umumiy qoidalar

Mazkur qoidalar Respublika Vazirlar Mahkamasining 2012-yil
28-avgustdagi 253-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qoidalar, soxaga oid amaldagi qonun hujjatlari asosida, shuningdek jamiyatni rivojlantirish, daromadini oshirish hamda sotuvchilar va bozor maʼmuriyati oʻrtasida toʻgʻri munosabatlarni olib borish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

  1. II. Sotuvchilarning huquqlari va majburiyatlari

2.1. Ushbu qoidalar talablariga muvofiq savdo faoliyatini amalga oshirish.

2.2. Bozor maʼmuriyatidan bozorning ish tartibi va rejimi boʻyicha zarur tushuntirishlar olish.

2.3. Bozor maʼmuriyati tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmatlardan foydalanish.

2.4. Ularining faoliyati nazorat organlari tomonidan tekshirilayotganda bozor maʼmuriyati xodimlarini taklif etish.

2.5. Amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli hujjatlari mavjud boʻlgan tadbirkorlarga savdo joylarini ijara shartnomasi asosida berish, yoki tadbirkorning roziligiga koʻra kunlik patta toʻlovini toʻlab borish sharti bilan ijara shartnomasi tuzmasdan savdo joyidan foydalanishga ruxsat olish.

2.6. Bozor maʼmuriyatiga bozor faoliyatini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish.

2.7. Bozorda savdo faoliyatini amalga oshirishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatga, bir martalik yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi chekga, tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga (oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish holatlaridan tashqari) va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarga ega boʻlish.

2.8. Faqat bozor maʼmuriyati tomonidan belgilangan joylardagina savdo qilish.

2.9. Savdo oʻrinlarini toza va tartibli saqlash.

2.10. Savdo rastasidan tashqariga, yoʻlaklarga va boshqa rastalarga (oʻzi chek toʻlagan rastadan tashqari) mahsulotlarini qoʻymaslik, shuningdek, rastadan tashqariga xar-xil jihoz yoki moslamalar qoʻymaslik.

2.11. Bozor maʼmuriyati tomonidan taqdim etilgan savdo joyidan maʼmuriyatni ogohlantirishsiz 3 kundan ortiq, bozor maʼmuriyatini xabardor qilgan holda 10 kundan ortiq foydalanmasa, yoki belgilangan patta (shuningdek tungi koʻriqlash xizmati uchun) toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻliq toʻlab borilmasa mazkur savdo joyi bozor maʼmuriyati tomonidan boshqa bir sotuvchiga foydalanishga beriladi. Bunda, savdo joyi olib qoʻyilgan sotuvchi maʼlum bir muddatdan soʻng, bozorga savdo qilish uchun kelganda unga avvalgi savdo qilib turgan joyi ajratib berilmaydi

2.12. Bozorda savdo qilish uchun tegishli guvohnoma kimning nomiga rasmiylashtirilgan boʻlsa aynan oʻsha fuqaroning oʻziga savdo qilishga ruxsat berish.

2.13. Savdo oʻrnini yoki uning bir qismini bozor maʼmuriyatining ruxsatisiz uchinchi shaxsga bermaslik.

2.14. Bozor maʼmuriyati va nazorat qiluvchi organlarning qonuniy talablarini bajarish.

2.15. dehqon bozori hududida nooziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilmaslik.

2.16. Aholiga faqat isteʼmolga yaroqli boʻlgan, dehqon bozorlari hududlaridagi savdo rastalarida sotilishi ruxsat etilgan mahsulotlarni sotish, bunda yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan, isteʼmolga yaroqsiz boʻlgan sifatsiz va kontrafakt tovarlarini sotmaslik.

2.17. Savdo paytida tibbiy koʻrikdan oʻtgan holda maxsus kiyimda va qoʻlqoplarda boʻlish, savdoga voyaga yetmagan yosh bolalarni aralashtirmaslik.

2.18. Bozor hududida jamoat tartibini saqlash, shovqin koʻtarmaslik, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, xaridorlar va boshqa sotuvchilar bilan xushmuomalada boʻlish, oʻz mahsulotlariga va buyumlariga ehtiyotkorona va xushyor holda munosabatda boʻlish.

2.19. Baland ovozda musiqa qoʻymaslik yoki boshqa fuqarolarning erkinligi va savdo faoliyatiga xalaqit beruvchi holatlarga yoʻl qoʻymaslik.

2.20. Ushbu Qoidalarga, eʼtirof  etilgan odob-axloq qoidalariga va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga rioya etish.

 

III. Bozor maʼmuriyati huquqlari, majburiyatlari va

savdo oʻrinlari berish tartibi:

3.1. Sotuvchilar va oʻz xodimlari tomonidan ushbu Qoidalarga va belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.

3.2. Dyehqon bozorlarida sotuvchilarni qatʼiy ajratilgan savdo oʻrinlari boʻyicha joylashtirish.

3.3. Savdo oʻrinlari berishda bir martalik yigʻim undirilishini taʼminlash.

3.4. Qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriyat bilan ijaraga oluvchi oʻrtasida tuziladigan ijara shartnomasi asosida har oylik ijara toʻlovining oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish.

3.5. Bozor ishlarini va bozor faoliyati bilan bogʻliq jarayonlarni savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilovchi va atrof muhitni muhofaza qilishni, bozor joylashgan hududdagi epidemiologik, epizootik va ekologik xavfsizlikni taʼminlovchi veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga qatʼiy muvofiq holda tashkil etish.

3.6. Bozorga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlari sifatining tashkil etilgan ekspress analiz laboratoriyasi sinovidan oʻtkazib, belgilangan tartib asosida sotish, ruxsat etilmagan va tegishli ruxsat sertifikatiga ega boʻlmagan kontrafakt mahsulotlarini sotishni taqiqlash.

3.7. Jamoat tartibini saqlash, qoʻriqlashni tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish.

3.8. Bozor hududlarining oʻz vaqtida yigʻishtirilishi va obodonlash-tirilishini taʼminlash.

3.9. Qattiq maishiy chiqindilar, yirik hajmli axlatlar, turli xil idishlar va shu kabilarning tashib ketilishini taʼminlash.

3.10. Bozorlarda jismoniy shaxslarga faqat ularda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma mavjud boʻlganda ijara shartnomasi asosida savdo joyi berish, ular bir martalik kunlik toʻlovlarni toʻliq toʻlashgan taqdirda yozma shartnomalar tuzmasdan savdo oʻrinlari ajratish (oʻzlari yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish bundan mustasno).

3.11. Shartnoma asosida qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish.

3.12. Ijarachilar tomonidan ijara toʻlovi toʻlanmaganda, shuningdek bozorda savdo faoliyatini amalga oshirishga qonunda belgilangan talablar bir necha marta buzilganligi holatlari hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdirda savdo oʻrinlarini ijaraga berish yuzasidan ular bilan tuzilgan shartnomalarni muddatidan oldin bekor qilish.

3.13. Bozor maʼmuriyati tomonidan taqdim etilgan savdo joyidan maʼmuriyatni ogohlantirishsiz 3 kundan ortiq, bozor maʼmuriyatini xabardor qilgan holda 10 kundan ortiq foydalanmasa, yoki belgilangan patta (shuningdek tungi koʻriqlash xizmati uchun) toʻlovlari oʻz vaqtida toʻliq toʻlab borilmasa mazkur savdo joyini boshqa bir sotuvchiga foydalanishga ajratib berish. Bunda, savdo joyi olib qoʻyilgan sotuvchi maʼlum bir muddatdan soʻng, bozorga savdo qilish uchun kelganda unga avvalgi savdo qilib turgan joyi band boʻlgan taqdirda uni ajratib berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

3.14. Oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish uchun jismoniy shaxslarga oʻrinlar tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organi, bogʻdorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkati boshqaruvi tomonidan berilgan sotilayotgan mahsulot jismoniy shaxs tomonidan unga yoki uning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi, belgilangan shakldagi hujjat (maʼlumotnoma) taqdim etilgan taqdirda beriladi.

3.15. Bozorlarda bir savdo oʻrni oʻlchami koʻpi bilan 1,2 pogon metr etib belgilanadi, poliz mahsulotlari, gullar va koʻchatlar, idishli va oʻramli mahsulotlar sotishda esa 6,0 kv. metrga teng oʻlchamda belgilanadi. Belgilangan oʻlchamdan ortiq boʻlgan har bir oʻrin uchun bozor maʼmuriyati tomonidan toʻliq miqdorda toʻlovlar undiriladi.

3.16. Savdo oʻrnini yoki uning bir qismini uchinchi shaxsga berish taqiqlanadi.

 

 

 

 

Jamiyat Kuzatuv Kengashi aʼzosi                                                                                        R. Ismayilov