RIVOJLANTIRISH STRATЕGIYASI TUGRISIDAGI AXBOROT

Ma’lumki, har bir faoliyat yuritayotgan korxonaning rivojlantirish, daromadini oshirish, aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
Jamiyatni rivojlantirish uchun avvalo uni rivojlantirishni sifati va darajasi asosiy maqsad hisoblanadi. Buning uchun esa o‘z xizmat vazifasiga vijdonan va halol yondoshadigan, soxaning haqiqiy mutaxassisi bo‘lgan xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish lozim bo‘ladi.
Bugungi kunda dehqon bozori hududida jami 41 nafar xodimlar ishlab kelmoqda. Bulardan 11 nafari ma’muriyat xodimlari, 16 nafari nazoratchilar, qolgan qismi esa yordamchi xodimlardir.
Bozorni yanada rivojlantirish uchun jamiyat o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘ygan:
1. Mavjud savdo rastalaridagi sotuvchilar sonini yanada qo‘paytirish va olinadigan daromadlar miqdorini oshirish.
2. Dehqon bozori atrofidagi yo‘l bo‘ylarida va belgilanmagan joylarda savdo faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan uyushmagan aholini tegishli nazorat qiluvchi tashkilotlar vakillari bilan birgalikda bozor hududidagi savdo rastalariga joylashtirish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish natijasida daromadlar miqdorini oshirish.
3. Aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bozor hududining maqbul joylarida dam olish joylari tashkil etish.
4. Sotuvchi va xaridorlarning salomatliklarini nazorat qilib borish va zaruratga qarab birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida bozorning aholi gavjum joyidan tibbiyot xonasi tashkil etish hamda mazkur joyga malakali tibbiyot xodimlarini kun davomida xizmatda bo‘lishlarini ta’minlash.
5. Bozor atrofida avtomobillar harakatini tartibga solish hamda mavjud tirbandlikni bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha ravishda avtomobillar to‘xtash joyi tashkil etish, bunda sotuvchi va tadbirkorlarning shaxsiy avtotransport vositalari uchun alohida joy tashkil etish.
6. Sotilayotgan mahsulotlarning narxlarini asossiz ravishda oshishini oldini olish va aholiga arzon, sifatli mahsulotlar yetkazib berish uchun bozor qoshidagi elga xizmat korxonasi faoliyatini yanada kuchaytirish, qishki mavsum uchun mahsulotlarni zahiraga g‘amlash choralarini ko‘rish. Shuningdek, bozor hududidagi savdo rastalariga bevosita mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri kirib kelishlari uchun qo‘shimcha chora tadbirlarni amalga oshirish.
7. Jamiyatning Kuzatuv kengashi va aksiyadorlari bilan birgalikda jamiyatni rivojlantirish uchun qo‘shimcha takliflar ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish.