Ovoz berish yakunlari
“Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotni taqdim etish va eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi Qoidaga 3-ilova
1. | EMITENTNING NOMI | |||||||||
Toʻliq: | “Jizzax Markaziy dehqon bozor” aksiyadorlik jamiyati | |||||||||
Qisqartirilgan: | “Jizzax Markaziy dehqon bozor” AJ | |||||||||
2. | ALOQA MAʼLUMOTLARI | |||||||||
Joylashgan yeri: | Oʻzbekiston Respublikasi, Jizzax viloyati, Jizzax shaxri,
M.Ulugʻbek maxallasi, Toshkent koʻchasi, 2-uy |
|||||||||
Pochta manzili: | Oʻzbekiston Respublikasi, Jizzax viloyati, Jizzax shaxri,
M. Ulugʻbek maxallasi, Toshkent koʻchasi, 2-uy |
|||||||||
Elektron pochta manzili:* | jizzaxmdb@mail.ru | |||||||||
Rasmiy veb-sayti:* | http://jizmdb.uz/ | |||||||||
3 | MUHIM FAKT TOʻGʻRISIDA AXBOROT | |||||||||
Muhim faktning raqami: | 06 | |||||||||
Muhim faktning nomi: | Emitentning yuqori boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qarorlar | |||||||||
Umumiy yigʻilish turi: | Navbatdagi yillik | |||||||||
Umumiy yigʻilish oʻtkazish sanasi: | 2022 yil 17 iyun | |||||||||
Umumiy yigʻilish bayonnomasi tuzilgan sana: | 2019 yil 27 iyun | |||||||||
Umumiy yigʻilish oʻtkazilgan joy: | Jizzax shaxri M.Ulugʻbek maxallasi,
Toshkent koʻchasi, 2-uy |
|||||||||
Umumiy yigʻilish kvorumi: | 63,04 % | |||||||||
№ | Ovoz berishga qoʻyilgan masalalar | Ovoz berish yakunlari | ||||||||
yoqlash | qarshi | Betaraflar | ||||||||
% | soni | % | soni | % | soni | |||||
1 | Yigʻilish reglamentini tasdiqlash | 100 | 56 519 | — | — | — | — | |||
2 | Sanoq komissiyasi son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash | 100 | 56 519 | — | — | — | — | |||
3 | Jamiyatning 2021-yilgi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati uchun tasdiqlangan biznes rejaning bajarilishi toʻgʻrisida jamiyat raisining hisobotini eshitish | 100 | 56 519 | — | — | — | — | |||
4 | Jamiyatning 2021 yil yakuni boʻyicha yillik balansi, moliyaviy natijalar hisoboti va sof foyda taqsimoti boʻyicha jamiyat bosh hisobchisining hisobotini eshitish va tasdiqlash. | 100 | 56 519 | — | — | — | — | |||
5 | Jamiyatning 2021 yil yakuni boʻyicha taftish komissiyasining hisobotini eshitish va tasdiqlash. | 100 | 56 519 | — | — | — | — | |||
6 | Jamiyatning 2021-yilgi faoliyati boʻyicha “Perfekt audit” auditorlik tashkiloti MCHJ tomonidan 2022-yil 16-aprelda berilgan auditorlik tekshiruvi xulosasini tasdiqlash | 100 | 56 519 | — | — | — | — | |||
7 | Jamiyat boshqaruvi raisi bilan yangi muddatga yollanma mehnat shartnomasi tuzish masalasini koʻrib chiqish | 100 | 56 519 | — | — | — | — | |||
8 | Jamiyatning 2021-yil moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yakuni bilan olingan sof foydaning 60 foizini dividend toʻloviga, qolgan 40 foizini zaxira fondiga ajratish | 100 | 56 519 | — | — | — | — | |||
9 | Jamiyat Kuzatuv kengashi raisining 2021 yil yakunlari boʻyicha hisobotini koʻrib chiqish va tasdiqlash | 100 | 56 519 | — | — | — | — | |||
10 | Jamiyatning 2022 yil uchun “Biznes rejasi”ni koʻrib chiqish va tasdiqlash | 100 | 56 519 | — | — | — | — | |||
11 | Jamiyatning Kuzatuv kengashi yangi aʼzolari tarkibini saylash | 100 | 56 519 | — | — | — | — | |||
12 | Jamiyatning taftish komissiyasi yangi aʼzolarini saylash | 100 | 56 519 | — | — | — | — | |||
13 | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasining 26.04.2022-yildagi 03/03-03-1054-sonli xatiga koʻra “Markaziy dehqon bozori” AJning Ustavini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish, unga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish hamda yangi tahrirdagi Ustavni davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish | 100 | 56 519 | — | — | — | — | |||
14 | Dehqon bozori hududida savdo faoliyatini tashkil etish, sotuvchilarga savdo oʻrinlari berish va undan foydalanish tartibi boʻyicha namunaviy Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida | 100 | 56 519 | — | — | — | — | |||
Kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash: | |||||
Nomzodlar toʻgʻrisida maʼlumot | Ovozlar soni | ||||
№ | F.I.Sh. | Ish joyi | Ularga tegishli aksiyalar | ||
soni | turi | ||||
1 | Ergashev Aziz | Jizzax shahar hokimligi | Yoʻq | oddiy | 56 519 |
2 | Ismayilov Rahmatilla | Jizzax shahar hokimligi | Yoʻq | oddiy | 56 519 |
3 | Abdujalilov Asil | Jizzax shahar hokimligi | Yoʻq | oddiy | 56 519 |
4 | Sidikov Rahmat | Tadbirkor | 40 | oddiy | 56 519 |
5 | Musayev Abduvali | Tadbirkor | 100 | oddiy | 56 519 |
6 | Haydarova Buvsaodat | Tadbirkor | 27 | oddiy | 56 519 |
7 | Orziqulov Toʻlqin | Tadbirkor | Mustaqil aʼzo | 56 519 | |
Umumiy yigʻilish tomonidan qabul qilingan qarorlarning toʻliq bayoni: | |||||
1. Umumiy yigʻilishni oʻtkazish boʻyicha reglament tasdiqlansin.
2. Bugungi umumiy yigʻilishga sanoq komissiyasi son tarkibi 3 ta, T.Boboyev, V.Mavlonov, D.Normatovlardan iborat shaxsiy tarkibi tasdiqlansin. 3. Jamiyat boshqaruv raisi K.X.Yarmatovning jamiyatning 2021 yilgi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yakunlari va biznes-reja koʻrsatkichlarining bajarilishi boʻyicha bergan hisoboti tasdiqlansin. 4. Jamiyatning 2021 yil uchun tuzilgan buxgalteriya balansi, moliyaviy foyda va zararlari boʻyicha jamiyat bosh hisobchisi K.Abduvaitovning bergan hisoboti tasdiqlansin. 5. Jamiyatning 2021 yil moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yakunlari boʻyicha taftish komissiyasining hisoboti tasdiqlansin. 6. Jamiyatning 2021 yil moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yakunlari boʻyicha “Perfekt audit” auditorlik tashkiloti MCHJ tomonidan berilgan xulosasi tasdiqlansin. 7. Jamiyat boshqaruvi raisi Yarmatov Keldiyor Xudoynazarovich bilan 3 yil muddatga yangidan mexnat shartnomasi tuzilsin. 8. Jamiyatning 2021 yil moliyaviy yil yakunlari boʻyicha olingan 274587.4 ming soʻmlik sof foydaning 60 foizi, yaʼni 164 752 440 soʻmi aksiyadorlarga divident toʻloviga, qolgan 40 foizi jamiyatning zahira fondiga ajratilsin. 2021-yil uchun har bir aksiyaga 1837 soʻm 67 tiyindan divident hisoblansin hamda toʻlash muddati 90 kun etib belgilansin. 9. Jamiyat kuzatuv kengashining 2021 yil faoliyati boʻyicha hisoboti tasdiqlansin. 10. Jamiyatning 2022 yil uchun tuzilgan “Biznes rejasi” tasdiqlansin hamda undagi koʻrsatgichlarni toʻliq bajarish choralarini koʻrish jamiyat raisi va bosh hisobchisi zimmasiga yuklatilsin. 11. Jamiyatning yangi Kuzatuv Kengashi aʼzolari quyidagi tarkibda saylansin: Ø Ergashev Aziz – Jizzax shahar hokimining oʻrinbosari, Kuzatuv Kengashi raisi Ø Ismayilov Rahmatilla– Jizzax shahar hokimligi vakili, Kengashi aʼzosi Ø Abdujalilov Asil–Shahar moliya boʻlimi mudiri, Kuzatuv Kengashi aʼzosi Ø Sidikov Rahmat – jamiyat aksiyadori, Kuzatuv Kengashi aʼzosi Ø Musayev Abduvali – jamiyat aksiyadori, Kuzatuv Kengashi aʼzosi Ø Haydarova Buvsaodat – jamiyat aksiyadori, Kuzatuv Kengashi aʼzosi Ø Orziqulov Toʻlqin– tadbirkor, Kuzatuv Kengashining mustaqil aʼzosi 12. Jamiyatning yangi taftish komissiyasi aʼzolari quyidagi tarkibda saylansin. Ø Nazarov Dilshod Ø Sarimsoqov Abdumannon Ø Sulxanov Shirinboy 13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasining 26.04.2022-yildagi 03/03-03-1054-sonli xati ijro uchun qabul qilinsin. Mazkur xatda qayd etilganidek: Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi “Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-760-sonli Qonuni bilan belgilangan yangi normalarga koʻra ishlab chiqilgan “Markaziy dehqon bozori” AJning yangi tahrirdagi Ustavi maʼqullansin hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish choralari koʻrilsin. Jamiyat Kuzatuv Kengashi huzurida korrupsiyaga qarshi kurashish va etika qoʻmitasi, tayinlovlar va mukofotlash qoʻmitasi, strategiyalar va investitsiyalar qoʻmitasi, audit qoʻmitasi, ijro organi hamda kuzatuv kengashi faoliyati boʻyicha namunaviy nizomlar loyixalari tasdiqlansin. 14. “Markaziy dehqon bozori” AJ hududida savdo faoliyatini tashkil etish, sotuvchilarga savdo oʻrinlarini berish va ulardan foydalanish tartibi boʻyicha qoidalar tasdiqlansin. 15. Ushbu yigʻilish bayonining ijrosini taʼminlash jamiyat ijro organi K.X.Yarmatov zimmasiga yuklatilsin. |
“Jizzax Markaziy dehqon bozor”
AJ boshqaruv raisi K. Yarmatov
Bosh xisobchi K. Abduvaitov