Jizzax shahar “Markaziy dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
Jizzax shahar “Markaziy dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2023 yil 17 iyun kuni soat 15-00 da Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Jizzax shaxri, X.Olimjon mahallasi, Jizzax shahar hokimligi binosi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish shu kuni soat 13-00 dan boshlanadi.
Umumiy yigilish kun tartibi:
- 1) Yig‘ilish reglamentini tasdiqlash;
- 2) Sanoq komissiyasi son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
- 3) Jamiyatning 2022 yilgi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati uchun tasdiqlangan biznes rejaning bajarilishi to‘g‘risida jamiyat raisining hisobotini eshitish;
- 4) Jamiyatning 2022 yil yakuni bo‘yicha yillik balansi, moliyaviy natijalar hisoboti va sof foyda taqsimoti bo‘yicha jamiyat bosh hisobchisining hisobotini eshitish va tasdiqlash;
- 5) Jamiyatning 2022 yil yakuni bo‘yicha taftish komissiyasining hisobotini eshitish va tasdiqlash;
- 6) Jamiyatning 2022 yilgi faoliyati bo‘yicha “Perfekt audit” auditorlik tashkiloti MCHJ tomonidan 2022 yil
- 19 aprelda berilgan auditorlik tekshiruvi xulosasini tasdiqlash;
- 7) Jamiyat boshqaruvi raisi bilan 2022 yil 17 iyunda 3 yil muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ko‘rib chiqish;
- 8) Jamiyatning 2022 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakuni bilan olingan sof foydaning 80 foizini dividend to‘loviga, qolgan 20 foizini zaxira fondiga ajratish;
- 9) Jamiyat Kuzatuv kengashi raisining 2022 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
- 10) Jamiyatning 2023 yil uchun “Biznes rejasi”ni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
- 11) Jamiyatning Kuzatuv kengashi aʼzolari tarkibini saylash;
- 12) Jamiyatning taftish komissiyasi aʼzolarini saylash;
- 13) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-101-sonli qarorining 2-bandiga asosan:
- Respublika Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasining 2023 yil
27 apreldagi 03/03-03-888-sonli xatiga ko‘ra “Markaziy dehqon bozori” AJda investitsiya kiritishga oid kelishuv (bitim, shartnoma, memorandum)larni, majburiy tartibda Davaktiv agentligi bilan kelishilishi bo‘yicha ichki meʼyoriy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish.
Yig‘ilishga jamiyatning barcha aksiyadorlari taklif etiladi.