JAMIYAT FAOLIYATINING MAQSADI VA ASOSIY YOʻNALISHLARI

Jamiyat faoliyatining maqsadi va vazifasi oʻz aksiyadorlariga foyda topish, bozorda sotuvchi va xaridorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish hisoblanadi.

Jamiyatning asosiy faoliyat maqsadi uning ustaviga ko’ra

quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Qonunlariga, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarida belgilangan tartibda ish yuritish;

— bozorda qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat mahsulotlari va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar, yordamchi va hunarmandchilik korxonalari mahsulotlari, shuningdek, koʻchatlar, urugʻliklar, gullar va gul koʻchatlari sotishni tashkil etish; 

— jamiyat qoshida oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini savdosini yetishtirish, qayta ishlash va sotish maqsadida savdo shoxobchalari ochish;

— jamiyat qoshida shuʼba korxonalar ochib, baliqchilik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, bozorda maxsus savdo joylari tashkil etib, aholiga arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib berish yoʻli bilan sogʻlom raqobatni rivojlantirish;

— axoliga xizmat kursatish turlarini koʻpaytirish va bozor daromadini oshirish uchun qoʻshimcha manbaalar tashkillashtirish; 

 — qishloq xoʻjalik va goʻsht mahsulotlarini xarid qilish, tayyorlash va sotishni tashkil etish;

— dehqonlar va boshqa sotuvchilarga savdo uchun kerakli boʻlgan maishiy shart-sharoitlar yaratib berish;

— aholidan mahsulotlarni bozorda sottirish uchun reklama xizmatlari tashkil etish;

— mehmonxona,  transport, umumiy ovqalanish xizmatlarini tashkil etish;

— mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxonalarga huquqiy va jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hamda chet el fuqarolariga, birlashmalarga, jamiyatlarga, konsernlarga, hissadorlik jamiyatlariga, kichik korxonalarga va boshqa qonun bilan taqiqlab qoʻyilmagan faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi shaxslarga har tomonlama manfaatli bitimlar, shartnomalar asosida tijorat-vositachilik va savdo ishlab chiqarish xizmatlarini koʻrsatish.

— sotilayotgan mahsulotlarni veterinariya va sanitariya ekspertizasi koʻrigidan oʻtkazilishini tashkil etish;

— qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan tovarlar tayyorlash;

— chorva, parrandachilik va baliq xoʻjaligi boʻyicha mahsulotlarni sotib olish, ularni qayta ishlash, tayyorlash va sotish;

— aholiga qurilish-taʼmirlash xizmati va qurilish tovarlarini tayyorlash hamda boshqa xizmatlar koʻrsatish ishlarini bajarish;

— jamiyat ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyish, uni kengaytirish, takomillashtirish va ishchi-xodimlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni, tovarlarni, qurilish materialarini va boshqa mollarni oʻzi tashkil qilgan tijorat doʻkonlarida sotish hamda huquqiy shaxslar va fuqarolarning qoʻshimcha pul mablagʻlarini jalb etish huquqiga ega;

— jamiyat mulkchilik shaklidan qatiy nazar har qanday huquqiy shaxslar, korxonalar, firmalar, kichik korxonalar bilan shartnoma asosida qurilish materiallari, qurilish-montaj, texnik taʼminot va taʼmirlash ishlarini olib borish huquqiga ega;

— xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish va sotish;

— aholiga savdo-sotiq xizmatini koʻrsatish;

— shahar, mahalla va qishlok joylarda ishlab chiqarish, savdo va umumiy ovqatlanish tarmoqlarini tashkil etish va rivojlantirish.

— qimmatbaho qogʻozlar (aksiyalar) chiqarish, sotish va ular bilan ishlash shu jumladan jamgʻarma birjalarida qatnashish;

— ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish va chet el texnologiyalarini olib kelish;

— maishiy xizmat koʻrsatish, qishlok xoʻjalik mahsulotlari boʻyicha yordamchi xoʻjaliklar tashkil etish;

— ishlab chiqarishga zarur boʻlganda hamda chakana va umumiy ovqatlanish tarmoqlari uchun barcha turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini aholidan, xoʻjaliklardan va boshqa qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilardan shartnoma asosida sotib olish;

— Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asoslangan holda fuqarolarga, korxona va tashkilotlarga sharnoma asosida ish bajarish va xizmat koʻrsatish;

— Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiliga mos kelgan holda tashqi iqtisodiy aloqalar oʻrnatish, shu jumladan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish;

— Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taʼqiqlanmagan boshqa faoliyat va xizmat turlarini bajarishdan iboratdir.

Bozordagi sotuvchilar va xizmat koʻrsatishdan olinadigan bir martalik patta yigʻimlari hamda xizmat koʻrsatish haqlari, shuningdek, yer maydonlari, binolar va boshqa mol-mulkni yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berilganligi uchun undiriladigan haqlar bozor maʼmuriyati tomonidan viloyat hokimining qarori bilan belgilangan miqdorlarda undiriladi.

Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olishni talab qiladigan faoliyat turlari Jamiyat tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda shunday litsenziya olinganidan keyin amalga oshiriladi.

Jamiyat tomonidan asosiy faoliyatga xos boʻlmagan yangi koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish yoki qurish, raqobat rivojlangan soxada asosiy faoliyatdan tashqari qoʻshimcha faoliyat bilan shugʻullanish, asosiy faoliyatga xos boʻlmagan jamiyatlar ustav kapitalida ishtirok etish yoki undagi ulushni sotib olish taqiqlanadi.

Bunda asosiy faoliyatga xos boʻlgan yangi koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish yoki qurish hamda xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalidagi ulushni sotib olish, shuningdek asosiy faoliyatdan tashqari qoʻshimcha faoliyat bilan shugʻullanishga jamiyat Kuzatuv Kengashi qarorida koʻrsatilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.