Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi huzuridagi Jizzax shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2022 yil “____” ___________da   ________-son reestr raqami bilan   QAYTA ROʻYXATGA OLINGAN “Jizzax markaziy dehqon bozor” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil  17 iyundagi №-01/2022-sonli umumiy yigʻilish qarori bilan   “T A S D I Q L A N G A N” m.oʻ.

JIZZAX MARKAZIY DEHQON BOZOR

AKSIYADORLIK  JAMIYATI

 

U S T A V I

(yangi tahrir)

Jizzax shahri — 2022 yil

 I.  UMUMIY QOIDALAR

1.1. “Jizzax markaziy dehqon bozor” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda “Jamiyat” deb ataluvchi) Jizzax shahar hokimining 10.11.2003-yildagi 1377-sonli qarori bilan tashkil etilgan.

1.2. “Markaziy dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyati mustaqil jamiyat boʻlib, oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining soxaga oid Qaror va Farmoyishlari hamda ushbu Ustav asosida yuritadi.

1.3. Ushbu Ustav Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlar asosida tuzilgan. Jamiyat boshqaruvi faoliyatini meʼyorlashtiruvchi ichki Nizomlar bilan ushbu Nizom talablari mos kelmagan taqdirda, ushbu Nizomda koʻrsatib oʻtilgan meʼyoriy-huquqiy holatlarga ustunlik beriladi. 

II.  JAMIYATNING  NOMI,  JOYLASHGAN  JOYI,
YURIDIK  MAQOMI  VA  XUQUQLARI

2.1. Jamiyatning nomi:

Davlat tilida:

Toʻliq nomi: “Jizzax markaziy dehqon bozor” aksiyadorlik  jamiyati

Qisqacha nomi – “Jizzax markaziy dehqon bozor” AJ

Rus tilida:

Toʻliq nomi – aksionernoye  obщestvo “Djizakskogo sentralnaya dexkanskaya rыnok”

Qisqacha nomi – AO “Djizakskogo dexkanskaya rыnok”

2.2. Jamiyatning pochta manzili: Jizzax shahri, “M.Ulugʻbek” mahallasi, Toshkent koʻchasi 2-uy. Telefon: 0372-222-39-51. 

2.3. Jamiyatning elektron pochta manzili:           jizzaxmdb@mail.ru  

Rasmiy veb-sayti:                                                   http://jizmdb.uz/  

2.4. Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Ustav asosida olib boradi.

2.5. Jamiyat oʻzining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlish mumkin.     2.6. Jamiyat tomonidan tasdiklangan Ustav asosida filiallar va vakolatxonalar tashkil qilinishi mumkin.

2.7. Jamiyat yuridik shaxs huquqlariga ega bulgan shuʼba va tobe jamiyatlariga ega boʻlishi mumkin. Shuʼba yoki tobe jamiyatlari va jamiyat orasidagi oʻzaro munosabatlar amaldagi qonunchilik va ushbu Ustav bilan tartibga solinadi.

2.8. Jamiyat belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududi va undan tashqaridagi bank muassasalarida hisob va boshqa raqamlariga, oʻzining mustaqil balansiga, davlat tilida nomi toʻliq yozib koʻrsatilgan dumaloq muhriga va burchak tamgʻasiga ega.

2.9. Jamiyat oʻz nomi yozilgan blankalariga, oʻz timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa oʻz belgi-alomatlariga ega.

2.10. Jamiyatning faoliyat muddati cheklanmagan.

2.11. Jamiyat oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi huquqlarga ega:

— amaldagi tartib asosida tijorat banklaridan imtiyozli va imtiyozssiz kreditlar olish;

— pul mablagʻlarini obligatsiyalarga, aksiyalarga va boshqa qimmatbaho qogʻozlarga aylantirish;

— jamiyat iqtisodiy va moliyaviy ahvolini yaxshilash boʻyicha chet el korxonalaridan investitsiyalar kiritish;

— tender va tanlovlarda ishtirok etish;

— oʻz xodimlari uchun ijtimoiy va moddiy imtiyozlar qoʻllash;

— jamiyat vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha meʼyoriy hujjatlar loyixalarini oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqish va hal etish uchun Jizzax shahar hokimligiga, Jizzax viloyat hokimligiga hamda boshqa nazorat qiluvchi idoralarga  koʻrib chiqish uchun kiritish.

— yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga bozorda savdo faoliyatini amalga oshirish hamda xizmatlar koʻrsatish uchun shartnoma asosida turgʻun savdo shoxobchalari berish;

— bozor hududida jismoniy shaxslarga faqat ularni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma mavjud boʻlganda, ular bir martalik toʻlovni toʻlashgan taqdirda yozma shartnomalar tuzmasdan savdo oʻrinlari berish (oʻzlari yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, chorva mollarini, parrandalar va boshqa hayvonlarni, shuningdek ilgari foydalanishda boʻlgan tovarlarni sotish bundan mustasno);

— shartnoma asosida qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish;

— nazorat organlari vakillari bozorda oʻz funksiyalarini amalga oshirayotganda ularga hamrohlik qilish;

— ijarachilar tomonidan ijara toʻlovi toʻlanmaganda, shuningdek bozorda savdo faoliyatini amalga oshirishga qonunda belgilangan talablar bir necha marta buzilganligi holatlari hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdirda savdo oʻrinlari taqdim etish, turgʻun savdo shoxobchalarini ijaraga berish yuzasidan ular bilan tuzilgan shartnomalarni muddatidan oldin bekor qilish.

2.12. Bozor hududida tarozilar va boshqa oʻlchov anjomlarini prokatga berish, yuk saqlash joylarini tashkil etish, yuklarni tashish uchun aravachalarni ijaraga berish boʻyicha xizmatlar faqat belgilangan tariflarga muvofiq bozor maʼmuriyati tomonidan koʻrsatilishi mumkin.

2.13. Jamiyat hududida quyidagilar taqiqlanadi:

— oziq-ovqat tovarlarini avtomashinalardan sotish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ixtisoslashgan avtotransport va asbob-uskunalardan (avtolavkalar, avtodoʻkonlar, izotermik sigʻimlar, tirik baliq sotish uchun avtoakvariumlar va shu kabilardan) sotish bundan mustasno;

— alkogolli mahsulotlarni sotish (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, bozor hududida joylashgan turgʻun savdo shoxobchasi bundan mustasno);

— audiovizual asarlar, fonogrammalar, EHM uchun dasturlar va ularning moddiy jismlari, kompyuter va maishiy texnikani sotish (bozor hududida joylashgan turgʻun savdo shoxobchasi bundan mustasno);

— qimmatbaho metallar va toshlarni, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarni sotish (bozor hududida joylashgan turgʻun savdo shoxobchasi bundan mustasno);

— hayvonlar terisini sotish;

— xorijiy valyutani sotish (vakolatli banklarning belgilangan tartibda jihozlangan va faoliyat koʻrsatuvchi almashtirish punktlari bundan mustasno);

— dori-darmon vositalarini sotish (dorixonalardan tashqari);

— veterinariya preparatlari va biologik preparatlarni sotish (ixtisoslash-tirilgan dorixonalar va zoologiya doʻkonlaridan tashqari);

— qonun hujjatlarida taqiqlangan boshqa tovarlar va buyumlarni sotish.

— Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida va Xukumatning qarorlarida koʻzda tutilgan boshqa xuquqlarni amalga oshirish.

III. JAMIYAT FAOLIYATINING MAQSADI VA ASOSIY YOʻNALISHLARI

3.1. Jamiyat faoliyatining maqsadi va vazifasi oʻz aksiyadorlariga foyda topish, bozorda sotuvchi va xaridorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish hisoblanadi.

3.2. Jamiyatning asosiy faoliyat maksadi quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Qonunlariga, Vazirlar Maxkamasining tegishli qarorlarida belgilangan tartibda ish yuritish;

— bozorda qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat mahsulotlari va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar, yordamchi va hunarmandchilik korxonalari mahsulotlari, shuningdek, koʻchatlar, urugʻliklar, gullar va gul koʻchatlari sotishni tashkil etish; 

— jamiyat qoshida oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini savdosini yetishtirish, qayta ishlash va sotish maqsadida savdo shoxobchalari ochish;

— jamiyat qoshida shuʼba korxonalar ochib, baliqchilik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, bozorda maxsus savdo joylari tashkil etib, aholiga arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib berish yoʻli bilan sogʻlom raqobatni rivojlantirish;

— bozor hududida umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish maqsadida kabobxona va oshxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish; 

— axoliga xizmat kursatish turlarini koʻpaytirish va bozor daromadini oshirish uchun qoʻshimcha manbaalar tashkillashtirish; 

 — qishloq xoʻjalik va goʻsht mahsulotlarini xarid qilish, tayyorlash va sotishni tashkil etish;

— dehqonlar va boshqa sotuvchilarga savdo uchun kerakli boʻlgan maishiy shart-sharoitlar yaratib berish;

— aholidan mahsulotlarni bozorda sottirish uchun reklama xizmatlari tashkil etish;

— mehmonxona,  transport, umumiy ovqalanish xizmatlarini tashkil etish;

— mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxonalarga huquqiy va jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hamda chet el fuqarolariga, birlashmalarga, jamiyatlarga, konsernlarga, hissadorlik jamiyatlariga, kichik korxonalarga va boshqa konun bilan taqiqlab qoʻyilmagan faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi shaxslarga har tomonlama manfaatli bitimlar, shartnomalar asosida tijorat-vositachilik va savdo ishlab chiqarish xizmatlarini koʻrsatish.

— sotilayotgan mahsulotlarni veterinariya va sanitariya ekspertizasi koʻrigidan oʻtkazilishini tashkil etish;

— qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan tovarlar tayyorlash;

— chorva, parrandachilik va baliq xoʻjaligi boʻyicha mahsulotlarni sotib olish, ularni qayta ishlash, tayyorlash va sotish;

— aholiga qurilish-taʼmirlash xizmati va qurilish tovarlarini tayyorlash hamda boshqa xizmatlar koʻrsatish ishlarini bajarish;

— jamiyat ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyish, uni kengaytirish, takomillashtirish va ishchi-xodimlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni, tovarlarni, qurilish materialarini va boshqa mollarni oʻzi tashkil qilgan tijorat doʻkonlarida sotish hamda huquqiy shaxslar va fuqarolarning qoʻshimcha pul mablagʻlarini jalb etish huquqiga ega;

— jamiyat mulkchilik shaklidan qatiy nazar har qanday huquqiy shaxslar, korxonalar, firmalar, kichik korxonalar bilan shartnoma asosida qurilish materiallari, qurilish-montaj, texnik taʼminot va taʼmirlash ishlarini olib borish huquqiga ega;

— xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish va sotish;

— aholiga savdo-sotiq xizmatini koʻrsatish;

— shahar, mahalla va qishlok joylarda ishlab chiqarish, savdo va umumiy ovqatlanish tarmoqlarini tashkil etish va rivojlantirish.

— qimmatbaho qogʻozlar (aksiyalar) chiqarish, sotish va ular bilan ishlash shu jumladan jamgʻarma birjalarida qatnashish;

— ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish va chet el texnologiyalarini olib kelish;

— maishiy xizmat koʻrsatish, qishlok xoʻjalik mahsulotlari boʻyicha yordamchi xoʻjaliklar tashkil etish;

— ishlab chiqarishga zarur boʻlganda hamda chakana va umumiy ovqatlanish tarmoqlari uchun barcha turdagi qishlok xoʻjalik mahsulotlarini aholidan, xoʻjaliklardan va boshqa qishlok xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilardan shartnoma asosida sotib olish;

— Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asoslangan holda fuqarolarga, korxona va tashkilotlarga sharnoma asosida ish bajarish va xizmat koʻrsatish;

— Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiliga mos kelgan holda tashqi iqtisodiy aloqalar oʻrnatish, shu jumladan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish;

— Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taʼqiqlanmagan boshqa faoliyat va xizmat turlarini bajarishdan iboratdir.

3.3. Bozordagi sotuvchilar va xizmat koʻrsatishdan olinadigan bir martalik patta yigʻimlari hamda xizmat koʻrsatish haqlari, shuningdek, yer maydonlari, binolar va boshka mol-mulkni yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berilganligi uchun undiriladigan haqlar bozor maʼmuriyati tomonidan viloyat xokimining karori bilan belgilangan mikdorlarda undiriladi.

3.4.  Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olishni talab qiladigan faoliyat turlari Jamiyat tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda shunday litsenziya olinganidan keyin amalga oshiriladi.

3.5. Jamiyat tomonidan asosiy faoliyatga xos boʻlmagan yangi koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish yoki qurish, raqobat rivojlangan soxada asosiy faoliyatdan tashqari qoʻshimcha faoliyat bilan shugʻullanish, asosiy faoliyatga xos boʻlmagan jamiyatlar ustav kapitalida ishtirok etish yoki undagi ulushni sotib olish taqiqlanadi.

Bunda asosiy faoliyatga xos boʻlgan yangi koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish yoki qurish hamda xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalidagi ulushni sotib olish, shuningdek asosiy faoliyatdan tashqari qoʻshimcha faoliyat bilan shugʻullanishga jamiyat Kuzatuv Kengashi qarorida koʻrsatilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. 

IV.   JAMIYAT  USTAV  FONDINING  MIQDORI,  UNI

KUPAYTIRISH  VA  KAMAYTIRISH  TARTIBI

            4.1. Jamiyatning ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan aksiyalarning nominal qiymatidan tashkil topadi va Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi.

4.2. Jamiyat ustav fondining miqdori 51 245 000 (ellik bir million ikki yuz qirq besh ming) soʻmni tashkil qiladi va har bir aksiyaning nominal qiymati 500 (besh yuz) soʻm boʻlgan 102490 (bir yuz ikki ming toʻrt yuz toʻqson) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalarga boʻlingan.

Nizom jamgʻarmasi taqsimoti qoʻyidagicha:

davlat  ulushi – 51,0 foiz, 26 135 500 soʻmlik 52 271 dona oddiy aksiya;

boshqa aksiyadorlar ulushi 49,0 %,  25 109 500 soʻmlik 50 219 dona oddiy aksiya;

a) Jamiyatning Ustav fondini koʻpaytirish:

4.3.  Jamiyatning Ustav fondini qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirilishi toʻgʻrisidagi qaror jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi yoki jamiyat Kuzatuv Kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.

Jamiyatning ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish jamiyat Kuzatuv Kengashining qarorlari asosida amalga oshirilgan taqdirda bu qaror keyinchalik aksiyadorlarning navbatdagi yigʻilishiga tasdiqlash uchun kiritiladi.

4.4. Jamiyatning ustav fondi koʻpaytirilishi natijasida koʻpaytirish summasining bitta aksiya nominal qiymatiga muvofiqligi taʼminlanmaydigan boʻlsa, jamiyatning ustav fondini koʻpaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

4.5. Qoʻshimcha aksiyalar jamiyat tomonidan ushbu Ustavda belgilangan va eʼlon qilingan aksiyalar soni doirasidagina joylashtirilishi mumkin.

            4.6. Jamiyatning ustav fondini qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarorda joylashtiriladigan qoʻshimcha oddiy aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddatlari va shartlari belgilanadi. 

            4.7. Jamiyatning ustav fondini qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirish joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida roʻyxatdan oʻtkaziladi.

            4.8. Jamiyatning ustav fondini qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirish va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish haqidagi qarorlar jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan yoxud aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyatning Kuzatuv kengashiga bunday qarorlar qabul qilish huquqi berilgan boʻlsa, jamiyatning Kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.

            4.9. Jamiyatning ustav fondini qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirish jalb qilingan investitsiyalar, jamiyatning oʻz kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.

            4.10. Jamiyatning tegishli boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish haqidagi qaror jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarordir.

            4.11. Jamiyatning Ustav fondini oshirish toʻgʻrisida aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qaror qabul qilingan taqdirda Ustav kapitalini nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng koʻp muddati jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran bir yildan oshmasligi kerak.

            b)  Jamiyatning Ustav fondini kamaytirish:

4.12. Jamiyatning ustav fondi aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirish yoki aksiyalarning umumiy sonini qisqartirish yoʻli bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini keyinchalik bekor qilgan holda jamiyat tomonidan aksiyalarni sotib olish yoʻli bilan kamaytirilishi mumkin.

4.13. Jamiyatning ustav fondini aksiyalarning bir qismini olish va bekor qilish yoʻli bilan kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.

4.14. Jamiyat ustav fondini kamaytirishga, agar buning natijasida uning miqdori ustav fondining jamiyat ustavidagi tegishli oʻzgartishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida aniqlanadigan eng kam miqdoridan kamayib ketsa, haqli emas.

4.15. Jamiyatning Ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi qarori bilan amalga oshiriladi, shuningdek, jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan ham bunday qarorlar qabul qilishga ruxsat beriladi.  Bunda mazkur qaror keyinchalik aksiyadorlarning navbatdagi yigʻilishiga tasdiqlash uchun kiritiladi.

V. JAMIYATNING AKSIYALARI, ULARNING NOMINAL QIYMATI

VA EʼLON QILINGAN AKSIYALAR

5.1. Jamiyatning aksiyalari — egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻlib, ular turiga koʻra oddiy aksiyalardir.

5.2. Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli boʻlsa, oʻsha yuridik yoxud jismoniy shaxs aksiyaning egasi — aksiyador deb eʼtirof etiladi.

5.3. Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi aksiyalar boʻlib, ular oʻz egasiga dividendlar olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.

5.4. Jamiyatning har bir oddiy aksiyalarining nominal qiymati 500 (besh yuz) soʻmdan iboratdir.

5.5. Jamiyat aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni ochiq va yopiq obuna vositasida joylashtirishga haqli.

5.6. Aksiyaning egasi boʻlgan aksiyadorga ovozga qoʻyilgan masalani hal etishda ovoz berish huquqini beradigan oddiy aksiya jamiyatning ovoz beruvchi aksiyasidir.

VI . JAMIYAT AKSIYADORLARINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

6.1. Jamiyatning oddiy aksiyalari egasi qoʻyidagi huquqlarga ega:

— tegishli jamiyat aksiyadorlarining reestriga kiritilish;

— depo hisobvaragʻidan oʻziga taalluqli koʻchirma olish;

— jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;

— jamiyat tugatilgan taqdirda oʻzlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;

— aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida ovoz berish orqali jamiyatni boshqarishda ishtirok etish;

— jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli axborotni belgilangan tartibda olish;

— hisobgan dividendini erkin tasarruf etish;

— qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda oʻz huquqlarini himoya qilish.

6.2. Aksiyador tomonidan oʻz huquqlarning amalga oshirilishida boshqa aksiyadorlarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi kerak.

6.3. Aksiyalarni boshqa shaxsga berishga doir cheklov belgilanishi aksiyadorni — mazkur aksiyalar egasining ushbu Qonunda belgilangan tartibda jamiyatni boshqarishda ishtirok etish va ular boʻyicha dividendlar olish huquqidan mahrum qilmaydi.

6.4. Jamiyat aksiyadori aksiyalar beradigan huquqlarni (huquqlarning bir qismini) qonunchilikda belgilangan tartibda ishonchnoma asosida oʻz vakiliga (vakillariga) berish huquqiga ega.

6.5. Jamiyatning har bir oddiy aksiyasi uning egasi boʻlmish aksiyadorga bir xil hajmda huquqlar beradi.

6.6.  Aksiyadorlar ushbu ustavga muvofiq aksiyadorlar umumiy yigʻilishida mazkur yigʻilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar boʻyicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin.

6.7. Aksiyadorlar mazkur Ustavda va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xuquqlarlarga ham ega boʻladilar.

6.8. Aksiyadorlar jamiyat boshqaruvidan asossiz ravishda xujjatlar talab qilish, konfidensial maʼlumotlar va jamiyatning tijorat sirlaridan foydalanish orqali jamiyatning boshqaruv organlari faoliyatiga halal bermasliklari kerak.

VII. JAMIYATNING SOF FOYDASINI VA DIVIDENDLARNI TAQSIMLASH HAMDA ZARARLARINI QOPLASH TARTIBI

            7.1. Amaldagi qonunchilikka asosan byudjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan soʻng, jamiyat fondlariga ajratmalar bajariladi. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda “Taqsimlanmagan foyda”ni jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan belgilangan tartibda taqsimlash masalasi hal etiladi.

7.2. Jamiyat aksiyadori (aksiyadorning vakili) qarori bilan jamiyatning sof foydasi va (yoki) oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan ajratmalar oʻtkazish yuli bilan, dividend toʻlash fondi tuzilishi mumkin. Jamiyatning dividend toʻlash fondi dividendlarni toʻlash uchun mablagʻlarni zahiralash va keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq aksiyadorlarga dividendlarni toʻlab berish uchun moʻljallanadi.

7.3. Dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanadigan  qismidir. Dividendlar jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydasidan va (yoki) oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan toʻlanadi.

            7.4. Jamiyat aksiyalar boʻyicha eʼlon qilingan dividendlarni aksiyadorning murojaati asosida 30 ish kuni davomida toʻlab berish choralarini koʻrishi shart. Aksiyadorlar tomonidan sotib olingan aksiyasiga hisoblangan divident mablagʻini toʻlash uchun belgilangan muddatda jamiyatga murojaat etmagan taqdirda ushbu mablagʻ navbatdagi yil uchun ustiga qoʻshish yoʻli bilan jamlab boriladi.

            7.5. Dividend aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra pul mablagʻlari yoki boshqa qonuniy toʻlov vositalari yoxud jamiyatning qimmatli qogʻozlari bilan toʻlanishi mumkin.

            7.6. Dividend mablagʻi aksiyadorlar oʻrtasida ularga tegishli aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

            7.7. Jamiyat moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, toʻqqiz oyi natijalariga koʻra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga koʻra joylashtirilgan aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.

            7.8. Aksiyalarga dividendlar toʻlash, dividendning miqdori, uni toʻlash shakli va tartibi toʻgʻrisidagi qaror jamiyat Kuzatuv kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, moliyaviy hisobot maʼlumotlari asosida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.

            7.9. Dividendlarni toʻlash muddati va tartibi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarorida belgilanadi. Dividendlarni toʻlash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oltmish kundan kech boʻlmasligi lozim (7.4-band bundan mustasno).

            7.10. Aksiyadorlarga dividendlarni toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinishida faqat shu davr uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reestrida nomlari qayd etilgan shaxslargina dividend olish huquqiga egadirlar.

            7.11. Jamiyatdan haqiqatda aksiya sotib olgan, lekin turli sabablarga koʻra aksiyadorlarning reestriga kiritilmay qolgan, aksiyadorga avvalgi yillar uchun divident mablagʻlari hisoblash va toʻlab berishga yoʻl qoʻyilmaydi.

            7.12. Jamiyat quyidagi hollarda dividendlarni toʻlash haqida qaror qabul qilishga haqli emas:

  • jamiyat ustav fondining hammasi uning taʼsis etilish paytida toʻliq toʻlab boʻlinguniga qadar;
  • agar dividendlar toʻlanadigan paytda jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud boʻlsa, yoki jamiyatda shunday belgilar dividendlarni toʻlash natijasida paydo boʻlsa;
  • agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi va zaxira fondi summasidan kam boʻlsa.

Ushbu bandda koʻrsatilgan holatlar tugatilgandan soʻng jamiyat aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra hisoblangan dividendlarni aksiyadorlarga toʻlab berishi shart.

7.13. Jamiyat dividendlar miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda eʼlon qiladi.

7.14. Dividendlarni toʻlash tartibi va meʼyorlari ushbu Ustav hamda jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi.

7.15. Jamiyatning xomiylik va xayriya yordamlari uchun ajratiladigan yillik xarajatlari miqdori oʻtgan yilda olingan sof foydaning 3 foizidan oshmasligi kerak hamda bu xarajatlar biznes-rejasining oʻtgan hisobot davridagi sof foydaga taalluqli qismi koʻrsatgichlari bajarilganda amalga oshiriladi (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Xukumat hamda mahalliy Davlat hokimiyati qarorlarida nazarda tutilgan holatlar mustasno).  Jamiyatga berilgan xomiylik va boshqa xayriya yordamlari toʻgʻrisida maʼlumot oʻzining rasmiy veb-saytida beriladi.

VIIIJAMIYATNING ZAXIRA FONDINI VA BOSHQA

FONDLARNI  TASHKIL ETISH TARTIBI

            8.1. Jamiyat foydasi xisobidan:

  • Zaxira fondi;
  • Dividendlar toʻlash fondi;
  • Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan taklif etilgan jamiyatning faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa fondlar tuzish mumkin.

            8.2. Boshqa mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda, jamiyatning zaxira fondi jamiyatning zararlari oʻrnini qoplash, jamiyatning korporativ obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash va jamiyatning aksiyalarini qaytarib sotib olish uchun moʻljallanadi.

            8.3. Zahira fondidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.

            8.4. Jamiyatda ushbu ustavga koʻra ustav fondining oʻn besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda zaxira fondi tashkil etiladi. Jamiyatning zaxira fondi jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydadan har yilgi majburiy ajratmalar orqali shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori yillik olingan sof foydaning 50 foizigacha belgilanadi ammo bu miqdor jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam boʻlmasligi kerak.

            8.5. Zahira fondi toʻlaligicha yoki qisman sarflanib boʻlingan hollarida, majburiy ajratmalar hisobidan tiklash mumkin.

IX.  JAMIYATNING BOSHQARUV ORGANLARI

            9.1. Jamiyatni boshqarish organlari quyidagilardan iborat:

  • Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi;
  • Jamiyatning Kuzatuv kengashi;
  • Boshqaruv raisi

          9.2. Ijro organi aʼzolariga oylik ish haqi va yil yakunlari boʻyicha bir yoʻla toʻlanadigan mukofot toʻlovlaridan tashqari har qanday qoʻshimcha toʻlov turlari toʻlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

X. JAMIYAT AKSIYADORLARINING UMUMIY YIGʻILISHI

10.1. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir va uning qarorlarini bajarish jamiyat ijroiya organi uchun majburiydir.

10.2. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:

  • jamiyatni qayta tashkil etish;
  • jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
  • jamiyat Kuzatuv kengashining soni va tarkibini belgilash, ularning aʼzolarini saylash va aʼzolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish. Kuzatuv kengashi aʼzolariga mukofot va kompensatsiyalar toʻlash;
  • eʼlon qilingan aksiyalarning eng koʻp miqdorini belgilash;
  • jamiyatning ustav fondini koʻpaytirish;
  • jamiyatning ustav fondini kamaytirish;
  • oʻz aksiyalarini qaytarib sotib olish;
  • jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, jamiyat ijroiya organining faoliyati tartibini belgilab beruvchi Nizomni tasdiqlash;
  • jamiyat taftish komissiyasining aʼzolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek taftish komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. Taftish komissiyasi aʼzolariga mukofot va kompensatsiyalar toʻlash;
  • jamiyatning yillik hisobotini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni oʻrta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlarining belgilangan strategiyasini tasdiqlash hamda jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash;
  • jamiyat Kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining oʻz vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat Kuzatuv kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasi xulosalarini eshitish;
  • aksiyadorlar umumiy yigʻilishining reglamentini tasdiqlash;
  • aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qogʻozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash;
  • aksiyadorning jamiyat aksiyalari yoki boshqa qimmatli qogʻozlarini sotib olishga doir imtiyozli huquqini qoʻllash-qoʻllamaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
  • aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yirik bitimlar tuzish xaqida qaror qabul qilish;
  • konunchilikda nazarda tutilgan hollarda jamiyatning affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish xaqida qaror qabul qilish;
  • dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qarorni qabul qilish, aksiyalarning har bir toifasi va turi boʻyicha dividend miqdori, toʻlov shakli va tartibini belgilash;
  • jamiyat tomonidan birlashmalar, uyushmalar, jamiyatlar va fondlar kabi aʼzolik badallari toʻlanadigan masalalarni koʻrib chiqib va qaror qabul qilish;
  • qonunchilikda va mazkur Ustavda koʻzda tutilgan boshqa masalalarni hal etish.
  • aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qaror va emissiya risolasini tasdiqlash, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
  • ijroiya organining affillangan shaxslar bilan bitimlar va yirik bitimlarni mustaqil amalga oshirishi uchun jamiyatning joriy xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq bitimlarini aniqlash;

            10.3. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning ijroiya organiga hal qilishi uchun berilishi mumkin emas.

            10.4. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar jamiyatning Kuzatuv kengashiga hal qilishi uchun berilishi mumkin emas, quyidagi masalalar bundan mustasno:

  • Jamiyatning ustav fondini koʻpaytirish va tegishli oʻzgartirishlarni Jamiyat ustaviga kiritish;
  • auditorlik tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga toʻlanadigan haq miqdori chegarasini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilish.

10.5. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini tashkillashtirish va uning vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish, qonunchilik va “Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.

10.6. Agar aksiyadorlarning reestriga muvofiq jamiyat aksiyadorlari bittadan ortiq boʻlsa, jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishini chaqirish va oʻtkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

10.7. Aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishini jamiyat Kuzatuv kengashining raisi, u uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan taqdirda esa, jamiyat Kuzatuv kengashining aʼzolaridan biri olib boradi.

10.8. Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi boʻlib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin 90 (toʻqson) kundan kechiktirmay aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi kun tartibiga masalalar va sof foydani taqsimlash yuzasidan takliflar kiritishga hamda jamiyat Kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar koʻrsatishga haqli.

10.9. Aksiyadorlar (aksiyador) jamiyat Kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga oʻzlari koʻrsatgan nomzodlar roʻyxatiga aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay oʻzgartishlar kiritishga haqli.

XI. JAMIYAT KUZATUV KENGASHI

            11.1. Jamiyatning Kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, amaldagi qonunchilik va jamiyat ustavi bilan aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.

            11.2. Jamiyat Kuzatuv kengashining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:

a) jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida jamiyat boshqaruvining hisobotini muntazam ravishda eshitib borgan holda jamiyat faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;

b) jamiyat aksiyadori tomonidan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish kunini belgilash;

v) aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibini tayyorlash va tasdiqlash;

g) jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilinadigan sana, vaqt va joyni belgilash;

d)  jamiyat aksiyadorlar reestri tuziladigan va yopiladigan sanani belgilash;

ye)  mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;

yo) avval roʻyhatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishlariga (aksiyalardan tashqari) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;

j) qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;

z) jamiyat ijroiya organini tuzish, boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchini saylash va uni lavozimga doimiy tayinlash, uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

o) jamiyatning ijroiya organiga toʻlanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorini belgilash;

p) korporativ maslahatchini tayinlash va uning faoliyati tartibini belgilovchi nizomni tasdiqlash;

r) Jamiyatning ichki audit xizmatini tashkil etish, uning xodimlarini tayinlash va ichki audit hizmati toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash, shuningdek zaruratga qarab har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish;

s) jamiyat taftish komissiyasi aʼzolariga toʻlanadigan haq va kompensatsiya miqdori yuzasidan tavsiyalar berish;

t) jamiyatning ijroiya organi faoliyatiga daxldor har qanday hujjatdan erkin foydalanish va ijroiya organidan jamiyat Kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun ularni olish. Olingan hujjatlardan jamiyat Kuzatuv kengashi va uning aʼzolari faqat xizmat maqsadlarida foydalanishlari shart;

u) dividend miqdori, uni toʻlash tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;

f) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yirik bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilish (yirik bitim tuzish masalasi zarurat tugʻilganda Kuzatuv kengashining qaroriga koʻra aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqilishi ham mumkin);

x) Jamiyatning zaxira fondi va boshqa fondlaridan foydalanish (dividend toʻlash fondidan tashqari);

e) konunchilikda nazarda tutilgan hollarda jamiyatning affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish xaqida qaror qabul qilish;

yu) jamiyat qoshida ochiladigan barcha turdagi filiallar, shoʻba va tobe korxonalarni tashkil etish va tugatish;

ya) jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bogʻliq bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish;

oʻ) aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi va qonun hujjatlarida belgilangan doirada homiylik (xayriya) yoki begʻaraz yordam koʻrsatish tartibini va shartlarini belgilash (ushbu tartib jamiyatning veb-saytida oshkor etilishini taʼminlash);

q) jamiyat boshqaruv raisi tomonidan taqdim etilgan jamiyatning shtatlar jadvalini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

ushbu Ustav va amaldagi qonunchilikka muvofiq Jamiyat Kuzatuv kengashi vakolatlariga kiritilgan boshqa masalalarni hal etish.

            11.3. Jamiyat Kuzatuv kengashining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huhuklarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, ushbu Ustav va jamiyatning ichki xujjatlari bilan belgilanadi.

            11.4. Jamiyat Kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyat Ijroiya organiga oʻtkazilishi mumkin emas.

            11.5. Jamiyat Kuzatuv kengashining aʼzolari, amaldagi qonunchilik va mazkur Ustav asosida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan  uch yil muddatga saylanadilar. Jamiyat Kuzatuv kengashi aʼzolarining tarkibi 7 (yetti) kishidan iborat boʻladi. Kengash aʼzolarining soni aksiyadorlarning umumiy yigʻilish qarori bilan koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.

            11.6. Jamiyat boshqaruvi aʼzolari (jamiyatda ishlovchi shaxslar) va boshqaruv raisi jamiyatning Kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emas.

            11.7. Jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaxslar Jamiyat Kuzatuv kengashining aʼzolari boʻlishi mumkin emas.

            11.8. Jamiyat Kuzatuv kengashida Davlatning ishonchli vakilining faoliyati amaldagi qonunchilikka asosan amalga oshiriladi. Davlat vakili lavozimiga koʻra jamiyat Kuzatuv kengashining aʼzosi boʻladi.

            11.9. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga koʻra jamiyat Kuzatuv kengashining raisi jamiyat Kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan ularning oʻzlari orasidan aʼzolari umumiy soniga nisbatan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi.

            11.10. Jamiyat Kuzatuv kengashining raisi uning ishini tashkil etadi, Kuzatuv kengashi majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi, majlisda bayonnoma yuritilishini tashkil etadi, shuningdek aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida raislik qiladi. Jamiyat Kuzatuv kengashi raisi yoʻq boʻlgan hollarda uning vazifasini Kengash aʼzolaridan biri bajarib turadi.

            11.11. Jamiyat Kuzatuv kengashi majlislari uning raisi (yoki aʼzolaridan biri) tomonidan zaruratga qarab chaqiriladi. Jamiyat Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlislari Kuzatuv kengashi raisining (yoki aʼzolaridan birining) tashabbusi bilan yoxud qoʻyidagilar talabiga koʻra chaqiriladi:

  • taftish komissiyasining;
  • jamiyat boshqaruv raisining;
  • ichki audit hizmati boshligʻining;
  • jamiyatda ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi boʻlib, kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlarning talabiga koʻra;
  • qonunchilikda va mazkur Ustavda koʻrsatilgan boshqa hollarda.

          11.12. Jamiyat Kuzatuv kengashining majlisini oʻtkazish uchun kvorum, Kuzatuv kengashiga saylangan aʼzolar sonining yetmish foizini tashkil qiladi.

            11.13. Jamiyat Kuzatuv kengashining majlisida qarorlar majlisda hozir boʻlgan Kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat Kuzatuv kengashi majlisida masalalar hal etilayotganda Kengashning har bir aʼzosi bitta ovozga ega.  

            11.14. Jamiyat Kuzatuv kengashining bir aʼzosi oʻz ovozini Kengashning boshqa aʼzosiga berishiga haqli emas. Shuningdek, ovoz berish natijalariga koʻra jamiyat Kuzatuv kengashi aʼzolarining ovozlari teng boʻlgan holda, Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal etuvchi hisoblanadi.

            11.15. Jamiyat Kuzatuv kengashining qarorlari sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) jamiyat Kuzatuv kengashining barcha aʼzolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi mumkin.

            11.16. Jamiyat Kuzatuv kengashining majlisida bayonnoma yuritiladi. Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlis oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan kechiktirmay tuziladi. 

            11.17. Jamiyat Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etayotgan Jamiyat Kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan imzolanadi, ular majlis bayonnomasi toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun javobgar boʻladi.

            11.18. Jamiyat Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi imzolangan kuni jamiyatning ijroiya organiga ijro etish uchun topshiriladi. Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda mazkur qaror haqidagi axborot jamiyatning ijroiya organiga Kuzatuv kengashining majlisi oʻtkaziladigan kuni topshiriladi.

            11.19. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra, jamiyat Kuzatuv kengashi aʼzolariga ular oʻz vazifalarini bajarib turgan davrda haq toʻlanishi va Kuzatuv kengashining aʼzosi vazifasini bajarish bilan bogʻliq xarajatlari qoplanishi mumkin. Bunday haq va toʻlovlarning miqdori aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilab qoʻyiladi.

            11.20. Jamiyat Kuzatuv kengashining aʼzolari, oʻz huquqlarini amalga oshirishda va oʻz burchlarini bajarishda jamiyat manfaatlarini koʻzlab ish tutishlari lozim.

            11.21. Jamiyat Kuzatuv kengashi aʼzolari jamiyat va uning aksiyadorlari oldidagi oʻz majburiyatlarini zarur darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlariga va mazkur Ustavga muvofiq javobgar hisoblanadilar. Bunda jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan qarorga ovoz berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan Kuzatuv kengashi aʼzolari javobgar boʻlmaydi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.

11.22. Jamiyatda Kuzatuv Kengashi yoki boshqaruv aʼzolaridan iborat Strategiya va investitsiyalar, audit, tayinlovlar va haq toʻlash, Korrupsiyaga qarshi kurashish va etika qoʻmitalarini nizom asosida tashkil etish.

XII. JAMIYATNING BOSHQARUV RAISI

            12.1. Jamiyat Boshqaruv raisining majburiyatlari va vakolatlariga qoʻyidagilar kiradi:

  • oʻzining vakolatlari doirasida jamiyatning ishiga rahbarlik qilish;
  • jamiyat Kuzatuv kengashining roziligiga koʻra uning ishida maslahat ovozi bilan ishtirok etish;
  • davlat statistika hisoboti va buxgalteriya xisobotini tegishli organlarga toʻliq va oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlash;
  • jamiyatni malakali kadrlar bilan taʼminlash, jamiyat xodimlarining bilimi, malakasi, tajribasi va qobiliyatlaridan eng yaxshi foydalanish choralarini koʻrish;
  • jamiyat xodimlarining ijtimoiy kafolatlariga rioya qilinishini va ular mehnatini muhofaza qilishni taʼminlash;
  • shtatlar jadvali roʻyxatini jamiyatning moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda tayyorlab, koʻrib chiqish uchun Kuzatuv kengashiga taqdim etish.
  • jamiyatga qarashli boʻlgan filiallar, shuʼba va boshqa jamiyat qoshidagi korxonalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, shuningdek, ushbu korxonalarning shtatlar jadvallarini koʻrib chiqish va tasdiqlash.
  • jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritish, davlat muassasalari, barcha mulk shakllaridagi  korxona va tashkilotlarda uning manfaatlarini himoya qilish;
  • banklarda hisob raqamlar, shu jumladan valyuta hisob raqamlarini ochish, jamiyatning bank va boshqa moliya xujjatlarida birinchi imzo qoʻyish;
  • oʻzining vakolatlari doirasida, jamiyat mijozlari, korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar va kontraktlarni imzolash va bitimlar tuzish;
  • jamiyat xodimlarini ishga qabul qilish, ular bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, ularga nisbatan intizomiy jazo yoki ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash, xodimlar tomonidan mehnat va ijro intizomini saqlab turishini taʼminlash;
  • jamiyat nomidan amaldagi qonunchilikka asosan ishonchnomalar berish;
  • jamiyatning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruq va farmoyishlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;
  • jamiyat boshqaruvi raisi, qonunchilik, ushbu Ustav va jamiyatning meʼyoriy xujjatlariga muvofiq boshqa xuquq (vakolat) va majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.

12.2. Jamiyat boshqaruv raisi oʻz huquqini amalga oshirishda va oʻz burchlarini bajarishda birinchi navbatda jamiyatning manfaatlarini koʻzlab ish tutishi shart.

            12.3. Jamiyat boshqaruv raisi jamiyat va uning aksiyadorlari oldidagi oʻz majburiyatlarini zarur darajada bajarmaganligi uchun qonun hujjatlariga va mazkur Ustavga muvofiq javobgar boʻladi.

12.4. Boshqaruv raisini lavozimidan boʻshatish (vakolatini tugatish) haqidagi qaror mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda jamiyat aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yoki Kuzatuv Kengashining  qarori asosida amalga oshiriladi. 

12.5. Boshqaruv raisi tomonidan ushbu Ustav va mexnat shartnomasi shartlari koʻpol ravishda buzilsa, biznes-rejaning tasdiqlangan koʻrsatgichlarini bajari-lishi taʼminlanmasa, uning harakati (yoki harakatsizligi) natijasida korxona manfaatlariga har qanday zarar yoki ziyon yetkazilsa, bularning oqibatida yuzaga keluvchi jarima, penya va boshqa majburiy toʻlovlar uchun shaxsan oʻzi subsidiar javobgar boʻladi, hamda bu u bilan tuzilgan mexnat shartnomasini qonunchilikda belgilangan tartibda aks ettiriladi.

12.6. Jamiyat boshqaruv raisining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan holda ularning vazifasini vaqtincha bajaruvchini saylash (tayinlash) jamiyat Kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

12.7. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida jamiyat aksiyadori (aksiyadorlari) ning ishonchli vakili sifatida ishtirok etayotgan boshqaruv raisi yigʻilish kun tartibidagi boshqaruv raisini tayinlash (saylash) masalasi boʻyicha ovoz berish huquqiga ega emas.

12.8. Jamiyatda mehnat munosabatlari, ishga qabul qilish va boʻshatish, ish tartibi, mehnatga haq toʻlash shartlari, kompensatsiyalar toʻlash, jamoa va mehnat shartnomalari, ichki mehnat tartib Qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

            12.9. Jamiyat boshqaruvi raisi xizmat safarida, taʼtilda boʻlganda yoki kasalligi tufayli ishda boʻlmagan hollarda, uning vazifasiga vaqtincha tayinlangan xodim bajaradi, qolgan holatlarda jamiyat boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi ushbu ustavda belgilangan tartibda lavozimiga tayinlanadi.

            12.10. Ijro organi rahbari sifatida tayinlangan (qayta tayinlangan) shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ijro organi rahbari boʻlishi mumkin emas.

XIII. JAMIYATNING MOLIYA-XOʻJALIK FAOLIYATINI NAZORAT QILISH

a) Taftishchining faoliyati

13.1. Taftish komissiyasi jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida bir yoki uch kishidan iborat taftishchi yoki taftish komissiyasi 1 yil muddatga saylanadi.

13.2. Jamiyat taftish komissiyasining malaka talablari aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanadi. Ayni bir shaxs taftish komissiyasi aʼzoligiga (taftishchilikka) ketma-ket 3-martadan ortiq saylanishi mumkin emas.

13.3. Jamiyat taftish komissiyasining vakolatlari amaldagi qonunchilik va mazkur Ustav bilan belgilanadi.

13.4. Jamiyat taftish komissiyasi faoliyatining tartibi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadigan “Taftish komissiyasi toʻgʻrisida”gi Nizomga hamda tegishli qonunga koʻra belgilab qoʻyiladi.

13.5. Jamiyat hisobchisi taftish komissiyasining talabiga koʻra jamiyatning buxgalteriya toʻgʻrisidagi hujjatlarni taftish komissiyasiga taqdim etishi shart.

13.6. Jamiyat taftish komissiyasining aʼzolari bir vaqtning oʻzida jamiyat Kuzatuv kengashining aʼzosi boʻlishi, shuningdek ayni shu jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlashi mumkin emas.

13.7. Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish taftish komissiyasining, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining, jamiyat Kuzatuv kengashining tashabbusiga koʻra yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga koʻra jamiyat Kuzatuv kengashini oldindan xabardor qilish yoʻli bilan bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi.

13.8. Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish yakunlariga koʻra jamiyatning taftish komissiyasi xulosa tuzadi, bu xulosada:

  • Jamiyatning hisobotlarida va boshqa moliyaviy hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligiga doir baho;
  • buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibi buzilganligi, shuningdek moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilayotganda qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi axborot koʻrsatilishi shart.

13.9. Taftish komissiyasi jamiyat manfaatlari xavf ostida qolish hollarida yoki mansaabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatini suiisteʼmol qilish hollari aniqlanganda yoki shubha tugʻilganda aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishga xaqlidir.

b) Auditorlik tashkiloti.

13.10. Auditorlik tashkiloti jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshiradi va unga auditorlik xulosasi va hisobotini taqdim etadi.

13.11. Auditorlik tashkiloti jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa axborotlar haqida notoʻgʻri bayon etilgan auditorlik xulosasi tuzganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun jamiyat va Davlat oldida javobgar boʻladi.

13.12. Jamiyatning Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi ellik foizdan koʻp ekanligini hisobga olib, auditorlik tekshiruvi oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylash-tirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan roʻyxatdan kelib chiqqan holda tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin.

13.13. Auditorlik tashkiloti bilan shartnoma tuzishda va unga toʻlanadigan haq miqdorini belgilash jamiyatning Kuzatuv kengashi qarori asosida amalga oshiriladi, ayrim hollarda jamiyat boshqaruv raisi tomonidan ham auditorlik xizmati koʻrsatish shartnomasi tuzilishi mumkin.

13.14. Jamiyatda kamida 5 foiz ulushga ega boʻlgan aksiyadorlarga auditorlik tekshiruvini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga ruxsat beriladi.

XIV. JAMIYATDA BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISH VA MOLIYAVIY HISOBOTLAR TAYYORLASH

14.1. Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobot taqdim etishi shart.

14.2. Jamiyatda buxgalteriya hisobini yuritilish holati, ishonchliligi, tegishli nazorat qiluvchi idoralarga yillik, choraklik va oylik hisobotlarni va maʼlumotlarni oʻz muddatida topshirilishi, aksiyadorlariga va kreditorlariga jamiyat faoliyati boʻyicha maʼlumotlarni haqqoniy taqdim etilishiga jamiyat bosh hisobchisi masʼul hisoblanadi.

14.3. Jamiyatning moliyaviy hisobotida koʻrsatilgan va aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotdagi, buxgalteriya balansidagi, foyda va zararlar hisob varagʻidagi maʼlumotlarning ishonchliligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma asosida yollangan auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

14.4. Jamiyat bosh hisobchisi tomonidan ushbu Ustav va mexnat shartnomasi shartlari koʻpol ravishda buzilsa, biznes-rejasining tasdiqlangan koʻrsatgichlarini bajarilishi taʼminlanmasa, uning harakati (yoki harakatsizligi) natijasida korxona manfaatlariga har qanday zarar yoki ziyon yetkazilsa, bularning oqibatida yuzaga keluvchi jarima, penya va boshqa majburiy toʻlovlar uchun shaxsan  oʻzi subsidiar tarzda javobgar hisoblanib, bu xolatlar u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida aks ettiriladi. Yuqoridagi holatlar yuzaga kelgan taqdirda bosh hisobchi bilan tuzilgan mexnat shartnomasi uning roziligisiz qonunchilikda belgilangan tartibda boshqaruv raisining tashabbusi bilan muddatidan ilgari bir tomonlama bekor qilinishi mumkin.

XV. JAMIYATDA HUJJATLARNI SAQLASH

15.1. Jamiyatda quyidagi hujjatlar toʻliq saqlanishi shart:

— jamiyatning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Ustavi, Ustavga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, jamiyatni tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, jamiyatni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

— jamiyatning balansida boʻlgan mol-mulklarka egalik qilishga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar;

— aksiyadorlarning va Kuzatuv Kengashining yigʻilish qarorlari va ular tomonidan tasdiqlangan hujjatlar;

— jamiyat qoshida ochilgan shuʼba va boshqa turdagi korxonalarning Nizomlari va guvohnomalari;

— jamiyatning yillik hisobotlari;

— buxgalteriya hisobiga doir hujjatlar;

— ish haqi kitoblari va ishlab chiqarish bilan bogʻliq qabul qilingan buyruqlar va yuritilgan maxsus daftarlar;

— jamiyat aksiyadorlarining reestrlari;

— jamiyatda oʻtkazilgan auditorlik tashkiloti hisobot va xulosalari, nazorat qiluvchi organlarning tekshiruv dalolatnomalari hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa zaruriy hujjatlarni qonun bilan belgilangan muddatlargacha saqlanishi shart. 

XVI. JAMIYATNI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH

16.1. Jamiyatning tugatilishi huquq va majburiyatlarni huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtkazmagan holda jamiyat faoliyatini tugatishga sabab boʻladi.

16.2. Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni tugatish va tugatuvchini yoki tugatish komissiyasini (bundan buyon matnda tugatuvchi deb yuritiladi) tayinlash toʻgʻrisidagi masalani aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun olib chiqadi.

16.3. Jamiyat sudning qaroriga koʻra tugatilayotganda tugatuvchini tayinlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tugatuvchi tayin-langan paytdan eʼtiboran jamiyat ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar unga oʻtadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.

16.4. Jamiyatning Ustav fondida Davlat ulushi 50 foizdan ortiq ekanligi sababli jamiyat tugatilayotgan taqdirda tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organning vakili kiritiladi.

16.5. Tugatuvchi jamiyatning tugatilishi haqida, shuningdek uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi. Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etish uchun muddat jamiyatning tugatilishi toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran ikki oydan kam boʻlmasligi lozim.

16.6. Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish chora-tadbirlarini koʻradi, shuningdek kreditorlarni jamiyatning tugatilishi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi va keyingi harakatlarni qonun hujjatlarida belgilangan amaldagi tartib asosida olib boradi.

XVIII. JAMIYATNING JAVOBGARLIGI

            18.1. Jamiyat oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻziga tegishli barcha mol-mulki bilan javobgardir.

            18.2. Aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydilar. jamiyat ham oʻz aksiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.

18.3. Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, huddi shuningdek, jamiyat ham davlat va uning organlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.

XIX.  USTAVGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH.

19.1. Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi yoki jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan jamiyat Ustaviga kiritiladigan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasining tegishli Davlat organida belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi.

19.2. Jamiyat Ustaviga kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi Ustavi uchinchi shaxslar uchun ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab, qonunchilikda belgilangan hollarda esa davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ xabardor etilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.

19.3. Agar mazkur Ustavni biron-bir qoidasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsa, bu qoida boshqa qoidalarni toʻxtatish uchun sabab boʻlmaydi.

19.4. Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik xujjatlarida mazkur ustavda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartib qoʻllaniladi.

19.5. Mazkur Ustav Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran jamiyat aksiyadorlarining 2019 yil 11 maydagi umumiy yigʻilishida tasdiqlangan eski tahrirdagi Ustavi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.

“Jizzax markaziy dehqon bozor” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi                Yarmatov Keldiyor                Xudaynazarovich